Abadiy muzloq yer (koʻp yillik muzloq yer, doimiy muzloq yer, mangu tung yer)- Yer yuzasidan maʼlum chuqurda joylashgan va uzoq vaqt (2 yiddan bir necha ming yillargacha) muttasil muzlab yotadigan (temperaturasi 0° dan past boʻlgan) togʻ jinslari. Odatda Yer yuzining shimoliy va janubiy sovuq oʻlkalarida hamda baland togʻlarda uchraydi. Yevrosiyoda Abadiy muzloq yer ye. maydoni 10 mln. km² dan ziyod. Yillik oʻrtacha temperaturasi 0° dan past boʻlgan oʻlkalarda keyingi davrlarda ham Abadiy muzloq yer ye. lar vujudga kelayotgani haqida maʼlumotlar bor. Abadiy muzloq yer ye. ning yuza yupqa qatlami yoz vaqtida bir oz eriydi. Abadiy muzloq yer ye. Tuproq jarayoniga, oʻsimliklarga, hayvonot dunyosiga taʼsir etadi. Abadiy muzloq yer ye. qurilish ishlarini qiyinlashtiradi[1].

Manbalar tahrir

  1. "Abadiy muzloq yer" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil