Abbos mirzo (1789-1833) — Eron davlat va harbiy arbobi. Alishoh Qojarning oʻgʻli, uning Ozarbayjondagi noibi. Davlatni idora qilish ishlarida, xususan Eron tashqi siyosatini yurgizishda yetakchi rol oʻynagan. Rossiya-Eron urushlari (1804-1813 va 1826-1828) hamda Eron-Turkiya urushi davri (1821-1823)da Eron qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan. Ingliz va fransuz harbiy mutaxassislari yordamida Eron qoʻshinlarini (xususan Ozarbayjonda) Yevropacha tartibda qayta tuzishga harakat qilgan. Turkmanchoy tinchlik shartnomasini imzolagan (1828).

Abbos mirzo
Abbos Mirzo
Tavalludi 1789-yil
Vafoti 1833-yil
Fuqaroligi Qojarlar davlati
Otasi Fath alishoh

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil