Abbreviatura (italiancha: abbreviature — qisqartma; lotincha abbrevio — qisqartiraman) —

1) lingvistikada: soʻz birikmalarini qisqartirib hosil qilingan soʻzlar:

  • birikma tarkibidagi soʻzlar birinchi harflari alifbo tartibida oʻqiladi yoki oddiy soʻz harflar anglatgan tovushlar kabi talaffuz etiladi. Masalan, BMT (be-me-te) — Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi);
  • murakkab qisqartma soʻzlar: soʻz birikmalari tarkibidagi soʻzlar birinchi harflaridan tashqari, ular maʼlum qismlari (morfemalari) olinib yasaladi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi, yurfak (yuridik fakultet);

2) musiqada: nota yozuvida qisqartirish va soddalashtirish belgisi. Kuy qismlarining takrorlanishida, juda baland yoki past tovushlarni bir oktava baland yoki past qilib shartli notalashtirishda, nota chiziqlaridan soʻng qoʻshimcha chiziqlarni kamaytirishda qoʻllaniladigan belgilar. Abbreviatura partiturada kuyga qochirim berishni ham ifodalaydi. Abbreviatura yordamida asarning nisbatan mustaqil, tugal qismi yoki qoʻshiq bandi takrori, ayrim takt yoki kuy tuzilmalari takrori beriladi. Abbreviatura koʻp qoʻshimcha chiziqlardan xalos qilib, nota oʻqilishini osonlashtiradi. Musiqa bezaklarini ifodalashda keng qoʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil