Abdulazizxon madrasasiBuxorodagi me’moriy yodgorlik. Oʻzbek hukmdori Abdulazizxon donatorligida bunyod etilgan.

Abdulazizxon madrasasi
Abdulazizxon madrasasi
Eski nomlari Zargaron madrasasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi UNESCO va davlat muhofazasida
Turi Madrasa
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Texnik holati
Qavatlar soni 2
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Mimxoqon ibn Xoʻja Muhammadamin
Quruvchi Abdulazizxon
Map
Abdulazizxon madrasasi
Abdulazizxon madrasasi

Tarixi tahrir

Saroy meʼmori Mimxoqon ibn Xoʻja Muhammadamin tomonidan 1652-yilda qurilgan.

Memorchiligi tahrir

 
Abdulazizxon madrasasining tarhi
 
Qoʻshmadrasa ansamblining aksonometriyasi

Qoʻsh madrasa (bir-birga qarama qarshi qarab turadigan binolar majmuasi)ning janubiy tomonida joylashgan. Ulugʻbek madrasasining (1419) qarshisida. Madrasa tuzilishi oddiy va hujralari ikki oshyonli. Madrasa toʻrt tomoni markazida yirik peshtoqli uslubda qurilgan. Peshtoqlarning asosiy kirish qismi ikki tomonlama.

Umuman madrasa bezaklari yuksak sanʼat va mahorat bilan ishlangan. Katta peshtoq nafis va nodir koshinkori naqshlar bilan ziynatlangan. Islimiy naqshlar qatorida afsonaviy jonivorlar tasviri ham berilgan. Madrasa hujralari, ayniqsa, janubiy ayvon peshtoqi turli-tuman naqshlar bilan bezatilgan. Gumbaz shipining ganchli muqarnaslari orasida islimiy naqshlar va kundal uslubidagi bezaklar mavjud. Naqshlar, asosan, moviy rang boʻyoqlar bilan chizilgan. Asosiy oʻlchami: atrof aylanasi — 50x67 metr, hovli — 28x35 metr. Madrasa XVII asr Buxoro mahobatli meʼmorligining yetuk namunasidir.

Abdulazizxon madrasasi sirtdan qaraganda Ulugʻbek madrasasi kabidir: bu madrasa kompozitsiyasi ham uzunchoqroq boʻlib, old tomonining markazida ravoqli peshtoq, burchaklarida burj — guldastalar ishlangan, 2 qavatli yon qanotlar, kiraverishdagi xonalar va hovli chor atrofidagi 2 qavatli qator ravoqlar tizmasi ham oʻxshab ketadi[1]. Ammo, Abdulazizxon madrasasi yirikroq va murakkabroq loyihalashtirilgan[2]. Yon tomonlarining markaziy qismi 2 qavatli hujralar bilan urgʻu berib, biroz tashqariga boʻrttirib chiqarilgan va hovli kompozitsiyasi bilan peshtoq yordamida uygʻunlashtirilgan[3]. Burchaklardagi beshqirrali yoʻlaklardan shu burchaklardagi bir qancha katta-kichik hujralarga oʻtilagan. Aql idrok bilan qilingan ish natijasida qurilish maydonining har bir kvadrat metridan toʻla foydalanilgan va XIV—XV asrlarga xos gʻisht terish uslubiga yangilik kiritilgan[4].

Shu bilan bir qatorda XVII asr meʼmorlari tomonidan tom qismlarini yopishda hech qanday yangi konstruktiv uslublar topishmagan: aksincha, masjid, darsxona tepasi XV—XVI asrlardagi uslublardan ancha boʻsh boʻlgan gumbazlar sistemasi bilan yopilgan[5]. Bu yerda 8 qirrali oddiy ravoqli shakllar va murakkab iroqi muqarnaslar bilan chambarchas bogʻlanib, ajoyib bezak kashf etilgan. Abdulazizxon madrasasining ahamiyati ham shundaki, u serhasham bezalib, Turon meʼmorchiligida maʼlum boʻlgan hamma bezaklarning rang-barang uslublaridan foydalanilgan. Xuddi Ulugʻbek madrasasi kabi uning old tomoni hamda hovlidagi ayvon va ravoqlarga koshinli naqshlar ishlangan[6]. Ammo... Bu koshinli gʻishtlar juda rang-barangdir: sirsiz sopol gʻishtlar ustiga koʻk, zangori, oq parchinlar qoplangan[7]. Lekin ular yangicha usulda, choksiz taxtachalar holida yerga — taxminga terilgan va ganch qorishmasi yordamida keyin devorga yopishtirilgan[8].

Oʻyma sirli sopoldan ishlangan koshin bezaklar mavzui ham oʻzgargan. Dastlab rasm boʻlgan mavhum oʻsimliklar nusxasi oʻrniga mavzuida xayoliy jonivorlar tasvirlangan manzara qismlari paydo boʻladi[8]. Bu XVII asr yodgorliklariga xosdir (Samarqanddagi Sherdor madrasasi peshtoqidagi yoʻlbars va Buxorodagi Devonbegi madrasasidagi afsonaviy qushlar tasviri)[9]. Bu madrasaning bosh peshtoqidagi koshin namoyonlarida ilon boʻyinli afsonaviy qushlar va 2-qavatdagi timpanlarda quyoshga qarab uchyotgan afsonaviy qushlar — [10].

Naqqoshlar rang-barang koshin qoplamalarining badiiy taʼsirchanligini yanada oshirish yoʻllarini izlashgan[10]. Buni peshtoq chekkasida ilon boʻyinli va boshi qushnikiga oʻxshash uzun dastali koʻk guldon, koshin bezak ichidan ajralib koʻzga yaqqol tashlanib turgan tasvirdan koʻrish mumkin[11].

Avvalgidek ravoq timpanlarini sirli sopolli bezaklar qoplagan. Hovlidagi ayvon chekkalariga yozilgan yozuvlar — Qurʼon oyatlari naqshlarga aralashtirilib, ajoyib koʻrinish hosil etgan. Bezaklar bir xil oʻlchamli (25x25 sm) sirli sopol taxtachalarga tushirilgandan keyin devorlarga har xil kompozitsiya asosida yopishtirilgan[12].

Abdulazizxon madrasasida xonalarning ichki bezagiga alohida eʼtibor berilgan. Darsxona, qishki va yozgi masjid, 2-qavatdagi kutubxona devorlari koʻk rang zaminli zarhal bezak — xushmanzara kundal usulida tushirilgan boʻrtma naqshlar bilan bezatilganligi uchun xuddi ustiga zarbop yopilgandek boʻlib, boshdan-oyoq yarqirab turardi[13]. Bunda meʼmorchilikning har bir qismiga, qoʻyingchi, muqarnaslarning eng mayda nusxalariga ham aniq qilib mustaqil kompozitsiya: yulduzsimon va boshqa shakldagi har bir bezaklar ishlangan[14]. Darsxona devorlarida xitoy chinnisidagi bezaklarga oʻxshatib ishlangan naqshlarni — oq zamin ustiga koʻk rang bilan berilgan ajoyib manzaralarni, daraxtlar orasiga qoʻyilgan soʻri, bulut va suv oqimlari tasvirlarini koʻrish mumkin[15].

Mahobatli binolarning bezakli gumbazlari badiiy jihatdan ayniqsa qimmatlidir, ular tekislik bilan fazoga geometrik shakllar tushirish sanʼatining — Turon meʼmorlari mehr bilan yaratgan sanʼatning necha asrlik butun rivojlanish tarixini munosib ravishda bezab turgan tojdek boʻlib koʻrinadi[16].

Har tomonlama yetuk meʼmorlar oʻzlarining takomillashgan tasavvurlarini sanʼatning noyob asarlari darajasiga koʻtardilar va qanday yuqori pogʻonaga chiqqanini koʻrsatishdi. Gumbaz qubbasidagi iroqi muqarnaslar ravoqlar ichidagi taxta muqarnaslarga chirmashib, qoʻshilib ketganligi tufayli bu yarim qorongʻi xonalar sharq ertaklaridagi hashamatli saroylarni eslatadi[17].

Madrasadagi hashamatli bezak ishlari toʻla yakunlanmagan. asosiy peshtoq yonlaridagi muqarnasli qubbalar devorida yogʻoch qoldiqlari bor, aslida bu yogʻochlar qurilish tugaganidan soʻng kesib tashlanadi. Old tomonining oʻng qanoti va hovlining gʻarbiy tomoni koshinsiz[18].

Mana shu hashamatli yodgorlikni bunyod qilgan meʼmor va ustalarning nomlari ham ularning oʻzi yaratgan bezaklar ichida zamonlar osha bizgacha yetib kelgan. Ular saroy meʼmori Muhammad Solih, masjid naqshlarini ishlagan koshinkor usta Xoʻja Muhammad Amin oʻgʻli Mimhoqon, xattot Mavlono Muhammad Amindir. Ularning hammasi buxorolik boʻlib, yuksak darajada ravnaq topgan oʻziga xos mahalliy badiiy maktab vakillaridir[19].

Madrasa bizgacha asl holida yetib kelmagan. Buning sababi gʻisht terishning oʻziga xos uslublari (devorlar 3 qat boʻlib, orasi gʻisht va loy chiqitlari bilan toʻldirilgan) va tomdan tushgan hamda bino atrofida yigʻiladigan yogʻin-sochin suvlarining yoʻqotishni toʻgʻri hal etilmaganligidadir[20].

Yodgorlik meʼmorchilik boʻyicha mutaxassislar tomonidan toʻla va mukammal oʻrganilib, taʼmir ishlari uchun kerak boʻlgan masalalar koʻp yillar davomida hal etilgan. Arxitekturaviy, konstruktiv va arxeologik tekshirish natijasida arxitektura shakli va bezaklarini taʼmir qilish, qayta tiklash ishlarining loyihasi yaratilgan[21]. Umumiy oʻlchamlari 50x67 metr; toʻgʻri burchakli hovli 28x35 metrlik sahnni egallagan[3].

Rivoyatlarda tahrir

Abdulazizxon madrasasining qurilishi bilan bogʻliq bizgacha yetib kelgan bir rivoyatga koʻra, hukmdor Abdulazizxon 6-marta Makka-yu Madinaga hajga joʻnabdi. Safar chogʻida bir kechasi uning tushiga nuroniy bir chol kiribdi. Bu nuroniy chol Abdulazizxonga qarab: „Sen safardan qaytganingdan keyin oʻz vataningda shunday bir meʼmoriy obida qurginki, bu obida yurtingdagi boshqa obidalarga sira ham oʻxshamasin. Qurdiradigan meʼmoriy obidangda boqiy va foniy dunyo oʻz ifodasini topsin. Asrlar osha xalq undan bahramand boʻlib, seni yodga olsin“, — debdi[22][23].

Abdulazizxon safardan qaytganidan keyin Buxorodagi barcha koʻzga koʻringan ustalarni chaqirib, meʼmoriy obida qurishni va bu obidaning devorlaridagi bezaklar bir-biridan farq qilishi kerakligini, shu bilan birgalikda, devorlardan birida oʻzining siymosi ham aks ettirilishini aytibdi va „Aytgan shartlarim oʻz vaqtida bajarilmasa, boshlaringizni tanangizdan judo qilaman“, — debdi[22][23].

Biroq, oʻsha davrda odam rasmini chizish taʼqiqlaniga qaramay, usta-meʼmorlar bor hunarlarini ishga solib, Abdulazizxon aytgan madrasani qurishga kirishibdilar. Bu meʼmoriy obida asta-sekinlik bilanyerdan qad koʻtara boshlabdi. Oradan bir necha vaqt oʻtgandan soʻng meʼmoriy obidaning maʼlum bir qismi qurib bitkazilibdi[22][23].

Abdulazizxon oʻzi qurdirayotgan obidaning bir qismi qad rostlaganini eshitib, bu joyga tashrif buyuribdi. Ustalar madrasani Abdulazizxon aytganidan ham ziyoda qilib qurishgan ekan. Abdulazizxon madrasasiga kirib, ustalarning ishini koʻzdan kechirib, oʻng tomondagi xonaqoh tarafga qarab yuribdi. U xonaqohning janubiy devoriga ilon va chayonlar surati ishlangan boʻlib, bu foniy dunyoning mashaqqatlari haqida maʼlumot berarkan. Shimoliy qismida tasvirlangan chizgilar esa bu foniy dunyoning azob-uqubatlariga bardosh beradigan odamlarga boqiy dunyo jannat eshiklari ochiqligidan dalolat berarkan. Xonaqohning gʻarbiy devoriga ishlangan 2 ta ayiq surati mansab va boylik yaratgan tomonidan odamlarni sinab koʻrish uchun berilishini anglatsa, devorning sharqiy qismida boylik va mansabga berilib, xudoni unutmaslik haqida oyatlar bitilgan ekan[22][23].

Abdulazizxon ustalarning mahoratini koʻrib, bir tomondan quvonibdi, ikkinchi tomondan esa oʻzining surati ishlanmaganligidan jahli chiqibdi va meʼmorga qarab: „Nega mening suratimni chizmading, endi boshingni tanangdan judo qilaman!“, — debdi. Shunda meʼmor Abdulazizxonni xonaqoh eshigidan tashqariga olib chiqibdi va devorning gʻarbiy qismida chizilgan mehrob ichidagi bir dasta gul tasviriga sinchikovlik bilan qarashni soʻrabdi[22]. Abdulazizxon qarasaki, bir dasta gulda uning siymosi gavdalanib turgan emish[24]. Abdulazizxon yana bir marotaba ustaning mahoratiga qoyil qolibdi[25][23].

Shundan soʻng Abdulazizxon toj-u taxtdan butunlay voz kechib, toat-ibodatga berilibdi. U hukmronlikdan voz kechganidan keyin madrasaning qolgan qismi bitkazilmay qolib ketibdi. Lekin shunday boʻlsa ham bu madrasa Buxoroning koʻrkiga-koʻrk qoʻshib, hozir ham qad rostlab turgan ekan. Bu madrasani tomosha qilishga kelgan har bir kishi bu dunyodagi boqiy hayotning mohiyatini turfa chizgilarda ifodalangan usta meʼmorlarning betakror mahoratiga tan berar ekan[25][23].

Manbalar tahrir

  1. Mankovskaya 1977, s. 20.
  2. Mankovskaya 1977, s. 20—21.
  3. 3,0 3,1 Mankovskaya 1977, s. 21.
  4. Mankovskaya 1977, s. 22.
  5. Mankovskaya 1977, s. 22—23.
  6. Mankovskaya 1977, s. 23.
  7. Mankovskaya 1977, s. 23—24.
  8. 8,0 8,1 Mankovskaya 1977, s. 24.
  9. Mankovskaya 1977, s. 24—25.
  10. 10,0 10,1 Mankovskaya 1977, s. 25.
  11. Mankovskaya 1977, s. 25—26.
  12. Mankovskaya 1977, s. 26.
  13. Mankovskaya 1977, s. 27.
  14. Mankovskaya 1977, s. 27—28.
  15. Mankovskaya 1977, s. 28.
  16. Mankovskaya 1977, s. 28—29.
  17. Mankovskaya 1977, s. 29.
  18. Mankovskaya 1977, s. 30.
  19. Mankovskaya 1977, s. 30—31.
  20. Mankovskaya 1977, s. 31.
  21. Mankovskaya 1977, s. 32.
  22. 22,0 22,1 22,2 22,3 22,4 Buxoro afsonalari 2002, s. 43.
  23. 23,0 23,1 23,2 23,3 23,4 23,5 Komilova 2020, s. ?.
  24. Buxoro afsonalari 2002, s. 43—44.
  25. 25,0 25,1 Buxoro afsonalari 2002, s. 44.

Adabiyotlar tahrir

Kitoblar tahrir

  • Barakayev J., Haydarov Y. Buxoro tarixi (Eng qadimgi davrlardan Ulugʻ oktabr inqilobigacha). Toshkent: Oʻqituvchi, 1991 — 144 bet. 
  • Buxoro — Sharq durdonasi. Toshkent: Sharq, 1997 — 232 bet. 
  • Jumanazar A. K. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592 bet. ISBN 978-9943-4728-2-2. 
  • Jumanazar A. K. Madoris. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2005 — 96 bet. 
  • Joʻrayev M., Saidova R. Buxoro afsonalari. Toshkent: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002 — 126 bet. 
  • Mankovskaya L. Y. Qoʻsh madrasa. Toshkent: Oʻzbekiston, 1977 — 33 bet. 
  • Muhammadjonov A. R. Buxoro shahri 2500 yoshda (Arxeologik lavhalar va tarix). Toshkent: Fan, 1998 — 56 bet. 
  • Muhammadjonov A. R. Qadimgi Buxoro (Arxeologik lavhalar va tarix). Toshkent: Fan, 1991 — 52 bet. 
  • Muhsinov I., Muhsinova M. Goʻzallikning boqiy umri (Buxoro obidalari tarixidan lavhalar). Buxoro: Buxoro, 2011 — 39 bet. 
  • Muiniy R. Buxoroning meʼmoriy yodgorliklari: qisqa yoʻlboshlovchi. Buxoro: Buxoro, 2006 — 103 bet. 
  • Rahmatova S., Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro, 1995 — 144 bet. 
  • Toʻrayev H. Buxoro tarixi: oʻquv qoʻllanma. Buxoro: Durdona, 2020 — 592 bet. ISBN 978-9943-6571-0-6. 
  • Vaxitov M. M., Mirzayev Sh. R. Meʼmorchilik: darslik. Toshkent: Tafakkur, 2010 — 368 bet. ISBN 978-9943-372-30-6. 
  • Zohidov P. Sh. Meʼmor olami. Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati, 1996 — 238 bet. ISBN 5-89890-116-7. 
  • Oʻzbekiston obidalaridagi bitiklar: Buxoro. 1-qism Abduxoliqov F. F. (loyiha rahbari): . Toshkent: Uzbekistan Today, 2016 — 558 bet. 
  • Аббасова-Юсупова М. А. Бухарская школа зодчества XV—XVII вв. (особенности и динамика развития) (ru). Самарканд: МИЦАИ, 2022 — 360 bet. ISBN 978-9943-357-63-1. 
  • Арапов А. В. Исторические памятники Узбекистана: Ташкент, Самарканд, Бухара, Хива, Шахрисябз (ru). Ташкент: SMI-ASIA, 2014 — 136 bet. ISBN 978-9943-17-071-1. 
  • Аскаров Ш. Д. Генезис архитектуры Узбекистана (ru). Ташкент: Из-во журнала «Sanʼat», 2014 — 224 bet. ISBN 978-9943-338-55-0. 
  • Ахмедов М. К. Пути развития средневековых архитектурных ансамблей Узбекистана (ru). Ташкент: Fan va texnologiya, 2014 — 160 bet. ISBN 978-9943-975-20-0. 
  • Ашуров Я. С., Гелах Т. Ф., Камалов У. Х. Бухара: Краткий справочник (ru). Ташкент: Узбекистан, 1971 — 104 bet. 
  • Булатов М. С. Геометрическая гармонизация в архитектуре Средней Азии IX—XV вв (ru). Москва: Наука, 1988 — 361 bet. 
  • Бухара. Город и легенды (ru) Каримова К. (руководитель проекта): . Toshkent: Davr nashriyoti, 2010 — 60 bet. 
  • Засыпкин Б. Н. Очерки по истории архитектуры народов СССР: Архитектура Средней Азии (ru). Москва: Изд-во Академии Архитектуры СССР, 1948 — 158 bet. 
  • Захидов П. Архитектурные памятники Зарафшанской долины (ru). Ташкент: Узбекистан, 1985 — 64 bet. 
  • Пугаченкова Г. А. Самарканд, Бухара : по древним памятникам Самарканда и Бухары … (ru). Москва: Искусство, 1965 — 202 bet. 
  • Пугаченкова Г. А., Ремпель Л. И. Сокровища зодчества народов СССР: Бухара (ru). Москва: Изд-во Академии Архитектуры СССР, 1949 — 110 bet. 
  • Раззакова М. Чудеса медресе Абдулазиз-хан (ru). Рязань: Алмаз, 2015 — 20 bet. 
  • Сухарева О. А. Квартальная община позднефеодального города Бухары (ru). Москва: Наука, 1976 — 364 bet. 
  • Шишкин В. А. Архитектурные памятники Бухары (ru). Ташкент: Из-во комитета наук УзССР, 1936 — 100 bet. 

Maqolalar tahrir

Havolalar tahrir