Abdullo Tangriyev (1981-yil 28 martda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik dzyudochi. U yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2008ning +100 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Abdullo Tovashevich Tangriyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 28-mart 1981-yil (1981-03-28) (43 yosh)
Surxondaryo, O'zbekiston
Boʻyi 187 sm
Vazni 122 kg
Sport
Qaysi sport Dzudo, Kurash
Murabbiy(lar)i Pyataev Vladimir
Medallar

Oʻzbekiston iftixori[1]

Abdullo Tangriyev
Medal soni
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston vakili
Dzudo
Kumush Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2008 +100 kg
Bronza Osaka 2003 Mutlaq
Bronza Rio-de-Janeyro 2007 Mutlaq
Bronza Rotterdam 100 kg
Oltin Tyumen 2011 Mutlaq
Kumush Pusan 2002 Mutlaq
Bronza Doxa 2006 100 kg
Bronza Qishki Olimpiada oʻyinlari 2014 100 kg

Faoliyati tahrir

Abdullo Tangriyev 1981-yil 28 martda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. U 10 yoshidan dzyudo bilan shugʻullangan. 1995-yildan Chirchiq Olimpiya maktabida mashgʻulotlarga kirishgan. U oʻz isteʼdodini erta yoshidan namoyish eta olgan va 19 yoshida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya terma jamoasiga chaqirilib, Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2000da qatnashgan. Ishga qabul qilish

Olimpiadadan soʻng 2001-yilda dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritdi. 2003-yilda u Cheju provinsiyasida oʻtkazilgan superogʻir vazn toifasida birinchi marta Osiyo chempioni boʻldi. Keyingi yillarda (2005, 2007, 2008, 2011) dzyudo boʻyicha Osiyo chempioni boʻldi.

2003-yil xuddi shu yili Tangriyev Osaka shahrida boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha 23-Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi. 2005-yil (Rio-de-Janeyro) va 2009-yil (Rotterdam) dzyudo boʻyicha Jahon chempionatida ikki marta bronza medaliga sazovor boʻldi.

2008-yilda Yozgi Olimpiada Oʻyinlarida Tangriyev 100kg vazn toifasida musobaqaning final bosqichiga chiqdi va u kurashni boy berib ikkinchi oʻrinni egalladi. [2] [3] [4]

2012-yilda Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2012da Tangriyev giyohvand moddalar sinovidan oʻtkazilganida nasha topilganligi sababli professional sportdan 2 yilga chetlashtirildi.[2][2][3][4][5]

Manbalar tahrir

  1. https://lex.uz/ru/docs/2369452
  2. 2,0 2,1 „Article about Abdullo Tangriev“. 4-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2016-yil. (Wayback Machine saytida 2016-04-04 sanasida arxivlangan)
  3. „Archived copy“. 5-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2016-yil. (Wayback Machine saytida 2016-03-05 sanasida arxivlangan)
  4. http://judoinfo.com/03wc.htm
  5. „Article about Abdullo Tangriev (old.ziyonet.uz)“. 11-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-mart 2016-yil. (Wayback Machine saytida 2016-04-11 sanasida arxivlangan)