Abdulloh Ibn Az-Zubayr (624-692) — ilk islom davridagi mashhur siyosiy arboblardan biri.Abu Bakr Siddiqning nabiralari, Asmo binti Abu Bakr (ikki belbogʻ sohibi) va Zubayr ibn Avvomning o'g'illari. 680 yil Ummaviylar xalifasi Yazid ibn Muoviyaga qarshi chiqqan. 683 yil Yazid vafotidan soʻng Abdulloh ibn Zubay Iroq, Janubiy Arabiston, Misr va Suriyaning katta qismida xalifa deb eʼtirof etilgan. 687 yil Abdulloh ibn Zubayr qoʻshini al-Muxtor boshchiligidagi isyonchi shialar ustidan gʻalaba qozongan. Ummaviylar hokimiyati mustahkamlangach, xalifa Abdulmalikning Hajjoj ibn Yusuf qoʻmondonligi ostidagi qoʻshini Abdulloh ibn Zubayr tarafdorlarini Makkai mukarramada qamal qilgan. Abdulloh ibn Zubayr jangda halok boʻlgan. Muhojirlar orasida Islom yurtida (ya’ni Madinada) tug‘ilgan birinchi farzand Abdulloh ibn Zubayr edi. (Bir sahobiy) "Abdulloh ibn Zubayrni tug'ilgan kuniniyam ko'rdim, vafot etgan kuniniyam ko'rdim, tugʻilganida takbir aytganlar vafotida takbir aytganlardan afzal edi. "