Abdurahmon I (731/734-788) — Qurtuba amiri (756 yildan). Pirenei yarim oroldagi Arab amirligi va Qurtuba umaviylari sulolasi asoschisi. Mamlakatda hokimiyatni markazlashtirish siyosatini olib borib, ichki nizolarga qarshi kurashgan, qabilalar isyonlarini beayov bostirgan (yana qarang Qurtuba xalifaligi).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil