Abdus Salam (1926.29.1, Jxang) — pokistonlik nazariyotchi-fizik, London qirollik jamiyati aʼzosi (1959-yildan). Kembrij universitetini tugatgan (1951). 1951—54 yillarda Lohurdagi kollej professor, 1957-yildan London universiteti professor 1964-yildan Triyest (Italiya)dagi Xalqaro nazariy fizika markazi direktori. Asosiy ilmiy ishlari maydonlar nazariyasi, gravitatsiya va elementar zarralarga oid. Elektromagnit va kuchsiz oʻzaro taʼsirlarning umumiy nazariyasini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1979; Sh. Gleshou va A. Vaynberg bilan hamkorlikda).[1][2]

Abdus Salam (2014)

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari