Azizov Abdusalom Abdumavlonovich (oʻzbekcha: Азизов Абдусалом Абдумавлонович; 20.01.1960, Toshkent) — oʻzbek davlat arbobi, general-leytenant. 2019-yil 11-fevraldan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, 2019-yil 15-iyuldan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi.

Azizov Abdusalom Abdumavlonovich
oʻzbekcha: Азизов Абдусалом Абдумавлонович
Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti
Mansab davri
2019-yil 15-iyuldan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ochilboy Ramatov[1][2]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi
Mansab davri
2019-yil 11-fevraldan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ixtiyor Abdullayev[3][4]
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri
Mansab davri
2017-yil 4-sentabrdan – 2019-yil 11-fevralgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Qobul Berdiyev
Vorisi Bahodir Qurbonov[5]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri
Mansab davri
2017-yil 4-yanvardan – 2017-yil 4-sentabrgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Adham Ahmadboyev
Vorisi Poʻlat Bobojonov
„Oʻzbekneftgaz“ kompaniyasi boshqaruv raisi
Mansab davri
2002-yil 10-yanvardan – 2006-yil 5-sentabrgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Shavkat Majitov
Vorisi Nurmuhammad Ahmedov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-yanvar 1960-yil (1960-01-20) (64 yosh)
Toshkent
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
Xizmat yillari 1982-yildan
Unvoni General-leytenant

Biografiya tahrir

1981—1982 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasida navbatchilik qismi xodimi.

1982—1986 — Toshkent militsiya maktabi tinglovchisi.

1986—1989 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tergov boʻlimi tergovchisi, katta tergovchisi.

1989—1997 — Oʻzbekiston ichki ishlar vazirligi tergov boshqarmasi katta tergovchisi, uslubiy-nazariy boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, tergov boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari[6].

1997—1998 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

1998—2001 — Toshkent shahar Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2001—2002 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi[7].

2002—2006 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi raisi.

2006—2008 — „Oʻzneftmahsulot“ aksiyadorlik jamiyati raisi.

2008—2009 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

2008-2009 — O'zbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti va „Mashʼal“ futbol klubi prezidenti[8].

2009—2017 — Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2017—2017 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri[9]. 2017-yil 14-yanvarda general-mayor unvoni berilgan.

2017—2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri[10]. 2019-yil 14-yanvarda general-leytenant unvoni berilgan.

2019-yil 11-fevraldan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi.

2019-yil 15-iyuldan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi.

Manbalar tahrir

  1. DXX raisi OʻFA prezidentligiga saylandi
  2. Abdusalom Azizov: „Adolat, halollik boʻlmagan joyda rivojlanish boʻlmaydi“
  3. Abdusalom Azizov DXX raisi etib tayinlandi
  4. https://centrasia.org/newsA.php?st=1549953360
  5. Bahodir Qurbonov Oʻzbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi
  6. „Departament tarixi“.
  7. Bosh boshqarma rahbarlari, 2019-04-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-04-10
  8. „Biografiya“.
  9. MVD Uzbekistana vozglavil Abdusalom Azizov / Novosti
  10. Abdusalom Azizov stal ministrom oboroni — Gazeta.uz