Abduvali Abdurahimov (1935.5.6, Namangan viloyati Chortoq tumani Koroskon qishlogʻi) — Oʻzbekiston Qahramoni (1999). Mehnat faoliyatini 1953-yilda jamoa xoʻjaligi aʼzoligidan boshlagan. 1964-yildan Chortoq tumanidagi hozirgi „Oʻzbekiston mustaqilligining 5 yilligi“ shirkat xoʻjaligida brigada boshligʻi. Abdurahimov rahbarlik qilgan brigada uzoq yillar davomida paxtachilik va gʻallachilikda yuqori natijalarga erishdi (1999-yilda 26 ga maydonda paxtadan 49 s/ga, 44 ga maydonda gʻalladan 62 s/ga hosil olindi). Paxtachilik va gʻallachilik sohalarida koʻplab shogirdlar yetishtirgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil