Abissal tekisliklar — chek-ka dengizlarning okean soyliklari va botiklaridagi chuqur suv osti yassi va sertepa tekisliklari. Okean qaʼri va oʻtish zonasida keng tarqalgan: Yassi Abissal tekisliklar okean va chekka dengiz soyliklarining chetki qismlariga toʻgʻri keladi. Sertepa Abissal tekisliklar okean tubining katta qismini egal-laydi. Yassi Abissal tekisliklar Atlantika okeanida koʻp tarqalgan. Sertepa Abissal tekisliklar relefining parchalanganligi bilan ajralib turadi. Sertepa Abissal tekisliklar Hind va Tinch okeanlarida Atlantika okeaniga nisbatan koʻproq uch-raydi.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Abissal tekisliklar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil