Abu Nasr Qubaviy Axmad ibn Muhammad ibn Nasr (forscha: ابو نصر قباوى‎; 11 — 12-asrlar) — quvalik tarixchi va tarjimon. 1128 — 29 yillarda Narshaxiyning „Taʼrixi Buxoro“ („Buxoro tarixi“) asarini arab tilidan fors tiliga tarjima qilgan. Tarjima qilish jarayonida unga Buxoro tarixiga doir katta tarixiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni ham kiritgan. Bu asarning bir necha qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Abu Nasr Qubaviy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil