Abxaz tili — Abxaziyada yashovchi abxazlar tili. Kavkaz (iberiy-kavkaz) tillarining abxaz-edigey guruhiga ki-radi. Abxaz tilida 70 mingdan koʻproq kishi soʻzlashadi. 2 asosiy dialekti — abjuy (adabiy tilga asos boʻlgan) va bzib bor. Abxaz tilida undosh fonemalar juda koʻp. Unlilar tizimi oddiy. Turlanish kam taraqqiy etgan. Lugʻatidagi koʻp soʻzlar bir boʻgʻinli oʻzakdan iborat. 19- asrning 60-yillarqdan Abxaz tili yozuvini yaratish uchun intilishlar boʻldi. 1862-yilda P. K. Uslar Abxaz tili uchun kirill-rus grafikasi asosida alifbo tuzdi. 1926-yilda u tizimi N. Ya. Marrning analitik alifbosi bilann almashtirildi. Abxaz tili. 1928-yildan lotin, 1938-yildan gruzin, 1954-yildan yana kirill-rus grafikasi asosidagi yozuvga koʻchdi.[1][2]

Abxaz tili
Milliy nomi Аԥсуа бызшәа
Mamlakatlar Abxaziya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 113,000 (1993)
Turkumlanishi
Alifbosi kirill
Til kodlari
ISO 639-1 ab
ISO 639-2 abk
ISO 639-3 abk

Manbalar tahrir

  1. Abxaz tili haqida barcha malumot
  2. "Abxaz tili" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil