Accom — Hindistonning shim. -sharqidagi shtat. Sharqiy Himolay togʻlari etagida. Maydoni 78,5 ming km². Aholisi 22,3 mln. kishi (1991), yarmi-dan koʻprogʻini assomlar, 18% ni bengal lar tashkil etadi. Maʼmuriy markazi — Dispur sh. Qadimda va ilk oʻrta asrlarda A. hududi Kamarupa deb atalgan. Angliya -Birma urushlari (19-asr) natijasida A. Angliyaning Hindistondagi mulklariga qoʻshib olingan. 1950-yildan Hindiston Respublikasi shtati. Shtat aholisining 9/10 qismi Brahmaputra va Surma vodiysida, qolganlari togʻli viloyatlarda yashaydi. A. hududining yarmi pasttekislik, qolgan qismi bal. 3826 m gacha boʻlgan Assom togʻlaridan iborat. Tez-tez zilzi-la boʻlib turadi. Iqlimi tropik, musson iqlim, sernam. Dunyoda eng koʻp yogʻin tu-shadigan joy. Yiliga 12500 mm gacha yogʻin yogʻadi. Doim yashil tropik oʻrmonlar va bu-tazorlar bor. A. Hindistonda choy yetish-tiradigan va sholi hamda jut ekishga ix-tisoslashgan mayda dehqon xoʻjaliklari oʻlkasidir. Aholining 80% ga yaqini qishloq xoʻjaligida ishlaydi. A. yer maydonining 15% iga ekin ekiladi. Butun Hindistonda yetishtiriladigan choyning yar-miga yaqinini A. beradi. Loviya, shakarqamish, tamaki, paxta, kunjut, indov va xantal ekiladi. A.ning ishlab beruvchi sano-ati nisbatan yirik choy fabrikalaridan, faner va yashik ishlab chiqaradigan kor-xonalar, objuvoz va yogʻ korxonalari, Dhubridagi gugurt fabrikasidan iborat. Digboy va Naharkatiya Hindistonda neft chiqariladigan muhim rayondir. Neft qazib olish va qayta ishlash A. sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri. Koʻmir (Margerita) va ohaktosh qazib chiqarish mahalliy ahamiyatga ega. 709Brahmaputra vodiysi boʻylab oʻtadigan temir yoʻl A.ni Hindistonning boshqa qismlari bilan bogʻlaydi; Brahmaputradan Dibrugarhgacha kema qatnaydi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil