Adam Bernard Mickiewicz (Mitskevich) (1798.24.12, Novogrudka yaqinidagi Zaosye qishlogʻi – 1855.26.11, Istanbul) – polyak shoiri, milliy ozodlik harakati arbobi. Polyak romantizmining asoschisi. Vilen universitetini tugatgan (1819), polyak yoshlarining "Filomatlar" ("Fan doʻstlari"), "Filaretlar" ("Yaxshilik doʻstlari") tashkilotlarida faol ishtirok etgan. M.ning ilk toʻplami ("Sheʼriyat", 1-j., 1822) Polsha adabiyotida romantik oqimning manifesti boʻldi. M. "Sheʼriyat" (2-j., 1823)ga kirgan romantik ruxdagi "Grajina" liro-epik dostoni bilan Polshada "sheʼriy qissa" janriga asos soldi.

Adam Mitskevich

"Filaretlar" tashkiloti ishi boʻyicha qamalgan (1823) M.ni chor maʼmurlari Litvadan chiqarib yuborgan; Rossiyada yashab, A. S. Pushkin bilan yaqin aloqada boʻlgan (1824–29). Bu yillar uning gʻoyaviy va ijodiy oʻsishida mu-him davr boʻldi ("Qrim sonetlari", 1826; "Konrad Vallenrod", 1828 va boshqalar). M. 1830-yildan Parijda yashadi. "Dzyadlar" dramatik dostonining 3qismi (1832)ni va milliy mustaqillik uchun kurash ruhi bilan sugorilgan 12 qoʻshiqdan iborat "Pan Tadeush" dostoni (1834)ni nashr ettirdi. Realistik gʻoyalar, intilishlar yorqin namoyon boʻlgan "Pan Tadeush" dostoni milliy epopeyadir, u personajlari yuksak darajada tipiklashgan va individuallashgan durdona asar, eski polyak tur-mushining qomusi, serjilo soʻz sanʼ-ati sanaladi. M. lirik sheʼrlar turkumini (1838–39) yaratgan. Ijtimoiy va madaniy xayotda faol ish olib borgan: 1840–44 yillarda Parijda slavyanlar adabiyotidan maʼruzalar oʻqigan. 1848-yil Avstriya zulmiga qarshi kurashayotgan italiyaliklarga yordam berish uchun polyak legionini tuzgan. 1849-yildan demokratik ruxdagi "Xalq minbari" gazrtsda muharrirlik qilgan. M. sheʼrlari M. Shayxzoda, Shuhrat, Muhammad Ali, Sayyor va boshqa tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil