Adapazari — Turkiyaning shimoli-gʻarbidagi shahar, Sakariya daryosi sohilida. Sakariya elining maʼmuriy markazi. Aholisi 171 ming kishi (1990). Temir yoʻl stansiyasi, avtomobil yoʻllari tu-guni. Adapazari rayonining savdo-sanoat markazi (gʻalla, sabzavot, parranda). Mashinasozlik, oziq-ovqat (jumladan, shakar-qand), kimyo, oynashisha, yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil