Adobe Photoshop — Adobe Inc. firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va tarqatilyotgan koʻpfunksiyali grafik redaktor. Asosan rastrli tasvirlar bilan ishlashga moʻljallangan, biroq bir nechta vektorli vositalariga ega. Dastur Adobe firmasi mahsuloti sifatida mashhur va rastrli tasvirlarni tahrirlashda dunyoda eng oldi brendi hisoblanadi. Hozirda Photoshop macOS, Windows platformalariga, iOS, Windows Phone va Android mobil tizimlariga moslashtirilgan. Yana Windows 8 va Windows 8.1 uchun Photoshop Express versiyasi ham mavjud. Adobe Photoshop tasvirlarni tahrirlashdagi proffesional redaktor hisoblanadi.
Adobe Photoshop dasturining ishlab chiqilgan sanasi birorta kalendarda qayd etilmagan. Biz ishlatadigan Adobe Photoshop dasturining 2005-yilda bir yilligi nishonlandi. Bundan 17 yil oldin, fevral oyida, „Adobe“ kompaniyasi, Rassomlar, fotograflar, dizaynerlar orasida hozirgacha mashhur boʻlgan „Photoshop — 1.0“ muallifini eʼlon qildi. Photoshop dasturi bugungi kunda, „kompyuter grafikasi“ sohasi boʻyicha eng oldingi oʻrinda turibdi va mustaqil dastur boʻlib ajraldi. Biz foydalanayotgan Adobe Photoshop dasturining boshlanishi ancha ilgari boʻlgan. Hozir 41 ta muallifi eʼlon qilingan dasturni aslida aka-uka Jon Noll va Tomas Nollar boshlab bergan. Ularning otasi fotograf boʻlib, ular yertoʻlada joylashgan fotolabaratoriyada otasiga yordam berar edilar. Tomas nur va rang kontrastini oʻrgandi. Jonn esa eski „Apple“ da ishlashga qiziqardi. 1984-yilda Aka-uka Nollarga otasi dastlabki Macintosh olib berdi. Uning imkoniyatlarining koʻpligi shu dasturni tuzishga sabab boʻldi

Adobe Photoshop
Ishlab chiqaruvchiAdobe Inc.
Eng so‘nggi versiyasi2022 (23.4.1) / 2022-yil 16-iyun
Operatsion sistemaWindows 10

macOS

iPadOS
Platformax86-64
Til(lar)26
Vebsayt:adobe.com/products/photoshop.html

Tarixi tahrir

Dasturning boshlanishi tahrir

1987-yilgacha John Noll „Lucasfilm“ firmasining Industrial Light and Magic (ILM) boʻlimida „Star Wars“ga maxsus effektlar tayyorlashda ishlar edi. Thomas bu vaqtda „Tasvirlar bilan ishlash“ toʻgʻrisidagi nomzodlik dissertatsiyasini yozayotgan edi. Thomasning Apple Mac plus monitorli kompyuteri „Grayscale Images“ tasvirini namoyon qilmadi. Thomas vaziyatni oʻzgartirish uchun yangi dastur tuzishga kirishdi. Qizigʻi shundaki, Industrial Light and Magic (ILM) da Jon ham tasvirlarni qayta ishlash bilan shugʻullanardi. Akasini muvaffaqiyatlarini koʻrgan Jon birga ishlashni taklif qildi. Birinchi versiya 1987-yil Michigan universiteti talabasi Thomas Noll tomonidan Macintosh platformasi uchun yaratilgan. John oʻzining „Kompyuter grafikasi asoslari“ kitobida shunday yozadi:

Men Thomas ishlarining natijasini koʻrganimda, Pixar studiyasidagi tasvirlarni qayta ishlash dasturiga oʻxshashligini koʻrib hayron qoldim

. Oʻshandan boshlab biz birga ishlab, murakkab va mukammallashgan Display dasturini tuzdik. Oradan koʻp vaqt oʻtmay John yangi sotib olgan rangli ekranli Macitntosh II kompyuteriga Display dasturini koʻchirishni taklif qildi. Jon display dasturida ranglar gammasi korreksiyasi, import, fayllarni har xil formatlarda saqlash va boshqalarni oʻylab topdi. Dastur ustida ishlash Tomasni dissertatsiya yozishdan chalgʻitdi, lekin u shunda ham xursand edi. Hech qancha vaqt oʻtmay Tomas tasvirlarni bir qismini ishlov berishni yangi usulini oʻylab topdi va ishlov berish asboblar toʻplamini tuzdi. Keyinchalik bular „Plug-ins“ deb ataldi. Keyinchalik tonlarni sozlash-(Levels), balansni boshqarish funksiyasi, ranglar va toʻyinishni boshqarish (Hue and Saturation) ishlab chiqildi. Bu imkoniyatlar Photoshopda dastlabki qadam boʻldi. Oʻsha davrda bunday funksiyalar faqat maxsus dasturlarda boʻlgan. Ular esa faqat labaratoriyalarda yoki Industrial Light and Magic (ILM) da boʻlgan. 1988-yilda Tomas „Display“ning nomini „ImagePro“ deb oʻzgartirdi. Dastur oʻsha davrda juda zamonaviy edi. Jon bu dasturni sotib, pul ishlashni oʻylar edi. Tomas esa unga qarshi chiqdi. Bundan tashqari Tomas oʻz dissertatsiyasini tugatmagan, toʻliq ishlangan dasturni tuzishga ancha vaqt va mehnat kerak edi. Ular shunga oʻxshash dasturlarni analiz qilishib, oʻz dasturlari „Image Pro“ ni boshqalardan oldinga oʻtib ketganligini aniqlashdi.

„Image Pro“dan „Photoshop“ga oʻtilishi tahrir

Dasturni moliyalashtirish boshlandi. „Photoshop“ atamasi qayerdan paydo boʻlganligini hech kim bilmaydi. Dastur namoyishi vaqtida nashriyotchila tomonidan „Photoshop“ deb nomlangan degan gap bor. Dastlabki versiyalarda ekranlarda Photoshop koʻringanligi hozirda bizda „ExTraneous CapitaliSation“ koʻringanday. Qizigʻi shundaki, koʻp dastur tuzuvchilar oʻz yoʻnalishlarini Photoshop tomonga burdilar va bunday dasturlarni mustaqil ishlab chiqa boshladilar. Faqatgina bitta kompaniya Photoshopni sotib olishga kuchi yetar edi. Bu kompaniya hozirda bizga mashhur boʻlgan „Adobe“ kompaniyasi edi. Lekin masalani hal qilishgacha hali ancha bor edi. Barneyscan skanerlarini ishlab chiquvchilar aka-ukalarga Photoshopni oʻz mahsulotlari komplektida sotishni taklif qilishdi. Natijada 200 ta nusxalangan Photoshop Barneyscan XP savdo belgisi ostida tarqalib ketdi. Yaxshiyam Adobe bilan kelishuv uzoq davom etmadi. Tez orada Jon oʻz dasturiga eʼtiborni jalb qilish uchun kompaniyaga keldi. U bu yerga kelib Rassel Brounga oʻz dasturini imkoniyatlarini namoyish qildi. Keyin Photoshop Art-direktor ga namoyish etildi. Direktorga maʼqul boʻldi va tezda sotib olish kerakligini aytdi. Adobe tomonining soddaligidanmi yoki aka-ukalarning ehtiyotkorligidanmi dastur toʻla sotilmadi, faqat litsenziyalandi. 1988-yili Adobe Inc. firmasi dastur uchun huquqlarni sotib oldi. Shuning uchun, dasturdan keladigan gonorar aka-ukalarga tegishli boʻlib qoldi. 1989-yili dastur „Photoshop“ deb nomlandi. Hammasi juda yaxshi borar edi. Lekin aka-ukalar bu muvaffaqiyatlar bilan toʻxtab qolishmadi. Oldinda juda ham oʻgir ish — Photoshop 1.0 rasmiy versiyasini ishlab chiqish turar edi. Tomas dasturni natijaviy kodlash ustida ishladi. Bu vaqtda Jon esa Plug-ins ni kengaytirish ustida ishlar edi. Bu esa Adobe xodimlarini hayratlantirdi. Ular bunda ayyorlik va aldashni koʻrishdi. Qizigʻi shunda ediki, baʼzi qoidalarga qattiq rioya qiluvchi hodimlar, Photoshopni kengaytirish standartlarga toʻgʻri kelmaydi va yaxshi natija bermaydi deb fikr bildirishdi. Boshqalar esa, uni toʻgʻri ishlatish koʻp foyda berishini aytishdi. Dasturni tugatishni oxirgi bosqichlarida ham Tomas uni oʻzgartirish va mukammallashtirishga vaqt va kuch topdi. Photoshopning tarafdorlari Jon va Rassel Brounning qoʻllab quvatlashi va Adobe ning qarorlari natijasida 1990-yil, fevral oyida Adobe Photshop 1.0 rasmiy versiya sifatida chiqdi. Soʻzsiz 1-versiyaning chiqishi, koʻp xatolarga qaramasdan muvaffaqiyatli boʻldi. Adobe kompaniyasi Photoshopning hammabopligini isbotlab berdi, lekin u oʻsha vaqtda maxsus dastur tuzuvchilar uchun ishlab chiqilgan edi.Adobe kompaniyasi: Photoshop yordamida shunday natijaga erishishish mumkinligini, bunday natijaga ilgari faqat bir necha ming dollar turadigan professional, maxsus dastur asosidagina erishish mumkin ekanligini taʼkidladi. Oʻsha vaqtda Photoshopning narxi 1000$ boʻlishiga qaramasdan, uning eng katta raqobatchisining narxi 1995$ turadigan Letrasetʼs ColorStudio dasturi edi. 2.0 versiyani ishlab chiqish bosqichida Adobe dasturchilar shatitini kengaytirdi. Dasturga Bezye egri chizigʻini kiritish uchun Mark Gamburgni taklif qildi. Bu vaqtda Photoshopda yangi imkoniyatlar ochildi: Pen tool, ikki tonli tasvirda ishlash, Illustratordan baʼzi tasvirlarda import va Rasterize. Bulraga yana CMYK qoʻshildi. Photoshop uchun kasb bozorining ochilishi, poligrafiya xizmatlari Adobe kompaniyasi uchun juda qoʻl keldi. Sotish boʻyicha birinchi menejer Steven Gutman beta-versiya dasturlariga kodli nomlar taklif qildi. Bu odat shu kungacha davom etyapti. 1990-yilda chiqqan 'Fast Eddy' beta-versiya 2.0 ning kodli nomidir. Photoshop uzoq vaqt, asosan Macintosh platformasida ishladi. Lekin uning muvaffaqiyatga erishishiga Grafika bozorida paydo boʻlgan Windows kafolatlab berdi. Yangi platformaga versiya ishlab chiqish oson ishlardan emas edi-buning uchun Brayan Lepkin boshchiligida yangi guruh tuzildi. Koʻp miqdorda yangi kiritmalar, masalan 16bitli fayl ishlab chiqarilishiga qaramasdan, bular faqat 1993-yil 2.5.1 versiyalarida paydo boʻldi. 3.0 versiyadagi musiqa guruhi uchun ishlangan 3 albom ham muvaffaqiyatga erishishi yoki butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin edi. Omad Brayan Lepkin boshqarayotgan guruh tomonida boʻlib, ular qavatlar(Layers) ni taʼminlovchi dasturni rivojlantirdilar. Layers ni koʻpchilik qoʻllab-quvatladi, chunki u dasturning asosiy funksiyasini bajarar edi, u tez orada, koʻpgina rassom va dizaynerlarni oʻziga jalb qildi. Layers oʻsha vaqtda juda mukammal emas edi. HSC keyinchalik Meta creations Live pictures nomli tasvirlarni qayta ishlash dasturini ishlab chiqdi, u ham shunday texnologiyani qoʻllardi. Meta Creations juda katta xatoga yoʻl qoʻygani shundaki, ular Live Picturesga juda baland narx qoʻyib yuborishdi va Photoshop3.0 versiyasiga raqobatchi qolmadi. Keyingi versiyalarda Layers ga oʻxshash katta oʻzgarishlar boʻlmadi, lekin dasturni mukammallashtirish davom etdi. Photoshop 5.0 versiyasida, ranglarni boshqarish va History Palette kiritldi. Ularning tasirida dasturning sanʼat imkoniyatlari oshdi. Photoshop 5.5 versiyasining chiqishi bilan katta oʻzgarish boʻldi. Photoshop komplektida Image Ready paydo boʻldi va u web uchun grafikalarni ishlovchi yangi funksiyalarni ochib berdi. Photoshop 6.0 versiyasida Layer Styles va matnni harakatlanishini boshqarish imkoniyatlari paydo boʻldi. Photoshop 7.0 versiyasida Healing brush paydo boʻldi.

Adobe Creative Suite paketi tarkibida tahrir

2003-yilning oktabrida ishlab chiqilgan Photoshop 8.0 Photoshop CS deb nomlana boshladi, negaki endi u Adobening yangi Creative Suite tarmogʻi mahsulotlariga tegishli edi. 2007-yilgi Photoshop 10.0 dasturi Photoshop CS3 deb nomlandi. CS3 — dastur Adobe Creative Suite dasturlar paketining uchinchi versiyasiga moslashganini bildiradi. Eski CS va CS2 versiyalari dasturning yangi tarmoqqa mansubligini bildirish va oldingi versiyalaridan farqlantirish maqsadida dasturning bosh ramzida 3 dan 7 versiyasigacha mavjud boʻlgan koʻz chiroyli patlar bilan oʻzgartirildi. Yangi versiya yangi imkoniyatlarga ham ega boʻldi. Photoshop CS3 ramzida esa koʻk chegarali toʻrtburchak ichidagi PS yozuvi aks etadi.

Adobe Creative Cloud paketi tarkibida tahrir

2013-yil iyunida ishlab chiqilgan Photoshop 14 Photoshop CC nomiga ega. CC qisqartmasi dastur Adobe Creative Cloud dasturlar paketi tarmogʻiga moslashtirilganini bildiradi. 2014-yildan boshlab mahsulot versiyalari yangi nomlanishga ega boʻldi: endi uning nomida qachon ishlab chiqilgani ham yoziladi (Photoshop 2014.0.0). Yangi versiyaga Adobe Camera RAW plagini ham oʻrnatildi, endilikda dastur koʻplab fotokameralardan suratlarni toʻgʻridan toʻgʻri ola oladi.

Versiyalari tahrir

Versiya Plataforma Kodlanishi Yaratilish vaqti
1.0 Mac OS 1990-yil noyabr
2.0 Mac OS Fast Eddy 1991-yil iyun
2.0.1 Mac OS 1992
2.5 Mac OS Merlin 1992-yil noyabr
Windows Brimstone
2.5.1 Mac OS 1993
3.0 Mac OS Tiger Mountain 1994-yil sentabr
Windows, IRIX noviembre de 1994
4.0 Mac OS, Windows Big Electric Cat 1996-yil noyabr
4.0.1 Mac OS, Windows 1997-yil avgust
5.0 Mac OS, Windows Strange Cargo 1998
5.0.1 Mac OS, Windows 1999
5.5 Mac OS, Windows 1999
6.0 Mac OS, Windows Venus in Furs 2000
6.1 Mac OS, Windows 2001
7.0 Mac OS, Windows Liquid Sky 2001-yil mart
7.0.1 Mac OS, Windows 2002
CS (8.0) Mac OS, Windows Dark Matter 2003
CS2 (9.0) Mac OS, Windows Space Monkey 2005
CS3 (10.0) Mac OS, Windows Red Pill 2007
Express Internet 2008-yil 28-mart
CS4 (11.0) Mac OS, Windows Stonehenge 2008-yil 23-sentabr
CS5 (12.0) Mac OS, Windows White Rabbit 2010
CS6 (13.0) Mac OS, Windows Superstition 2012
CC (14.0) Lucky 7 2013
CC 2014 (15.0) Single Malt Wiskey Cat 2014
CC 2015 (16.0) 2015
CC 2015.5 (17.0) Haiku 2016
CC 2017 (18.0) Big Rig 2016
CC 2017 (18.1.0) Apple Macintosh, os x, Windows 2017
CC 2018 (19.0.0) Mac OS X El Capitan o superior, Windows 7, 10 White Lion 2017-yil 18-oktabr (aktual)

Muqobillari tahrir

Photoshop mukammal surat muharriri boʻlsada va shu sohadagi bozorda monopolashgan boʻlsada, juda qimmatligi unga nisbatan arzon yoki bepul dasturlarning yaratilishiga olib keldi. Misol uchun, GIMP dasturi mutlaqo bepul. Shu sababli ham Adobe firmasi ommaga oʻz mahsulotining arzon va bepul koʻrinishlarini taqdim etdi. Ular Photoshop Elements va bepul targʻib etiladigan Photoshop Albumdir. Bu dasturlarda funksiyalar juda qisqartirilgan va maʼlum bir ishlar uchun asqotadi. Adobe Photoshop Lightroom dasturi fotosuratlarni shunchaki kichik tahrirlash uchun xizmat qiladi.

Dasturning afzalliklari tahrir

Adobe Photoshop dasturi 20 dan ortiq formatdagi fayllar bilan ishlash imkoniga ega. Ular: PSD, PSB, PostScript, EPS, DCS, EPS TIFF, BMP, GIF, JPEG, TIFF, PICT, PNG, PDF, ICO, IFF, PCX, RAW, TGA, Scitex CT, Filmstrip, FlashPix, JPEG2000 va boshqalar. Eng koʻp qoʻllaniladigan formatlar: BMP (Windows Bit map — Windows ning vit xaritasi) — Windows muhitida ishlovchi kompyuterlarda ekran osti tasvirlarini qoʻllovchi dastur Microsoft Paintda keng qoʻllaniladi. JPEG, JPG (Joint Phonographic Experts Group) — hozirgi kunda eng koʻp qoʻllaniladigan formatlardan biri boʻlib, uning asosiy afzaliklaridan biri maxsus dastur yordamida fayl hajmini yetarlicha siqish imkonining mavjudligidir. Ammo faylni siqib, hajmini kichraytirish jarayonida tasvir sifatida oʻzgarish boʻladi. Fayl kuchli siqilganda tasvir sifati yomonlashishi mumkin. Ushbu formatdagi fayllar kompyuter xotirasida koʻp joy egallamaydi va hajm jihatidan kichikligi bois mazkur formatdagi tasvirlar bilan ishlash ancha oson. TIFF (Tagger Image File Format) — bu formatdagi fayllar ham keng qoʻllanadi. Lekin Tiff formatidagi fayllar kompyuter xotirasida koʻp joyni egallaydi. Adobe Photoshop dasturida ushbu formatdagi tasvirlar bilan ishlashda dasturining ishlash tezligi sezilari ravishda kamayishi mumkin. RGB (red, Green, Blue — qizil, koʻk, yashil) moduli tasvirni ekranda tahrir qilish nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda juda qulay va u 24 razryadli ranglar platasi yordamida deyarli barcha 16 million ranglarni monitorlarda aks ettiriladi. RGB ranglar majmuasi bilan ishlagan barcha tasvirlarni xohlagan formatda diskka yozish mumkin. RGB ranglar majmuasidagi ayrim ranglar umuman tabiatda uchramaydi. CMYK — tabiatda mavjud boʻlgan ranglar majmuasi, quyosh nurlari inson koʻzlari ajrata oladigan barcha ranglarni oʻziga mujassamlashtirgan. Quyosh nurlari biror — bir jismga tushganda uning taʼsiri ostida inson koʻzlari jism shakli va rangini idrok etadi. Misol uchun, binolarning oʻt oʻchirish burchaklariga osib qoʻyilgan oʻt oʻchirgichlar toʻq koʻk va zangori ranglar bilan boʻyalishiga qaramay, bizning koʻzimizga toʻq qizil rangda koʻrinadi. Ranglarni bir biriga qoʻshilishi natijasida boshqa ranglar hosil qilinadi: S — xavorang, M — binafsharang, Y — sariq rang, K — qora rang. RGB ranglar majmui keng koʻlamdagi ranglarni taklif etadi. Lekin ularning koʻp qismi (ayniqsa, yorkinlari) tasvirni chop etganda monitordagi bilan keskin farq qiladi. Shu bois xam koʻplab mutaxassislar tasvirni chop etishdan avval uni CMYKsistemasiga oʻtkazadilar. Ayrim mutaxassislar esa tasvir bilan CMYK sistemasida ishlashni maslahat beradilar. Ammo bu tasvir bilan ishlash turli qiyinchiliklar tutdiradi. Ayni shunday qiyinchiliklardan biri — kompyuter juda sekin ishlaydi. Bunga asosiy sabab Adobe Photoshop dasturi RGB sistemasiga sozlangan boʻlib, har bir buyruqni bajarib, uni RGB sistemasidan CMYK sistemasiga almashtirguncha kompyuter qoʻshimcha vaqt talab qiladi. Bundan tashqari, skaner va monitor RGB sistemasida ishlashga moʻljallangan. Oldin bu dastur faqat poligrafiya suratlari muharriri boʻlgan, keyinchalik esa veb-dizaynda ham ishlatila boshladi. Photoshop mediafayllar, animatsiya va boshqa turdagi ijod namunalarini qayta ishlovchi dasturlar bilan aloqadorlikka ega. Adobe ImageReady, Adobe Illustrator, Adobe Premiere, Adobe After Effects, Adobe Encore DVD dasturlari bilan hamkorlikda Photoshop proffesional DVD yaratilishida, turli darajadagi maxsus effektlarni yaratishda, televideniya, kinomotografiyada va oʻrgimchak turida ishlatilishi mumkin. Hozirda kompyuter oʻyinlarini yaratishda ham Photoshop keng ishlatilyapti. Photoshopning asosiy formati PSD yuqorida nomi keltirilgan barcha dasturlarga import va eksport qilinishi mumkin. PS CS DVDlarda menyu hosil qilish funksiyalariga ega. Dasturning juda mashxurligi sabab PSD formati Adobe Fireworks, Photo-Paint, WinImages, GIMP, SAI, PaintShop Pro va boshqa grafik dasturlarda tan olinadi. Photoshop quyidagi rang modellarini tan oladi va ishlaydi: RGB, LAB, CMYK, Kulrang tusi, Oq-qora, Duotone, 256 rangli palitra (Indexed), Koʻp kanalli (Multichannel)

Kengaytirilgan funksiyalar tahrir

Adobe Photoshop Extended dasturining yangi versiyalaridan (CS4 dan) boshlab Adobe Acrobat 3D, Autodesk 3ds Max, Maya va Google Планета Земля dasturlarida yaratilgan 3D formatdagi tasvirlarni ochish hamda tahrirlash mumkin. Photoshop 3D fayllarning quyidagi formatlarini oʻqiy oladi: U3D, 3DS, OBJ, KML va DAE. Uch oʻlchamli suratlarni ikki oʻlchamli suratlarga qoʻshish mumkin. Tahrirdan soʻng ishni GIF-animatsiya yoki PSD koʻrinishida saqlash mumkin va uni Adobe Premiere Pro yoki Adobe After Effects video dasturlarida koʻrish mumkin.

CS versiyasidan boshlab PSda skriptlar bilan ishlash imkoniyati bor. Photoshop DIOCOM (Digital Imaging and Communications in Medicine) — tibbiyotdagi raqamli tasvirlar fayllarini oʻqiy oladi. PS Extended dasturi orqali MATLAB tasvirlar bilan ishlash mumkin.

Boshqa qurilmalar uchun koʻrinishlari tahrir

„Adobe Systems“ kompaniyasi „Adobe Photoshop“ grafik muharririning planshet kompyuterlar uchun moʻljallangan versiyasini namoyish qildi. Ushbu dastur „Adobe Photoshop Touch“ deb nomlandi. 2010-yilda chiqarilgan „Adobe Photoshop Express“ mobil grafik muharriridan farqli oʻlaroq, yangi dastur koʻproq „Photoshop“ning desktop kompyuterlar uchun moʻljallangan versiyasiga oʻxshab ketadi. Unda, xususan, „qatlamlar“ funksiyasi va barmoqlar bilan rasmlarning alohida fragmentlarini „belgilash“ imkoniyati mavjud. Ushbu dasturda qayta ishlangan rasmlarni Facebook ijtimoiy tarmogʻiga yuborish yoki kompaniyaning yangi „Adobe Creative Cloud“ bulutli servisiga joylashtirish mumkin. „Adobe Photoshop Touch“ ham kompaniyaning „Adobe Touch Apps“ ilova-dasturlar paketi tarkibiga kiradi. Paket 6 ta dasturdan iborat: rasmlarni tahrirlash uchun „Adobe Photoshop“, kollajlar yaratish uchun moʻljallangan „Adobe Collage“, tayyor ishlarni namoyish qilish uchun „Adobe Debut“, vektor grafikasini tahrirlovchi „Adobe Ideas“, ranglarni aralashtirish uchun „Adobe Kuler“ va veb-sayt eskizlarini yaratish uchun „Adobe Proto“ dasturlari.[1][2][3][4]

Manbalar tahrir

  1. texnoman.uz sayti
  2. Aleksandr Yefremov. Tsifrovaya fotografiya i Photoshop. Uroki masterstva. — SPb.: „Piter“, 2009. — 192 s. — ISBN 978-5-388-00387-4
  3. Piter Boyer. Photoshop CS6 dlya chaynikov = Photoshop CS6 For Dummies. — M.: „Dialektika“, 2012. — 448 s. — ISBN 978-5-8459-1812-3.
  4. infoman.uz sayti, 2018-04-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-01-28

Havolalar tahrir