Adolat — ijtimoiy-falsafiy, ahloqiy va huquqiy tushuncha. Kishilar ijtimoiysiyosiy ongida katta rol oʻynaydi. Muayyan ijtimoiy guruhlar va ayrim shaxslarning tushunchalarini oʻzida aks ettiradi. Siyosiy xatti-harakatlar, huquq va burch meʼyorlari, axloqiy munosabatlar, mehnat va taqdirlanish, jinoyat va jazo, xizmat va uni tan olish, qadr-qimmatni eʼ-tirof qilish va hokazoga mazkur tushun-cha orqali baho beriladi. Adolat tushun-chasi muayyan tarixiy shart-sharoit va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi. Adolatning ijtimoiy-fal-safiy jihati jamiyat aʼzolarining xilma-xil munosabatlaridagi oʻzaro tengligini nazarda tutadi. Ahloqiy jihati insonlararo muomalada bir xil munosabatda boʻlishni, bir-birining izzat-nafsiga tegmaslikni, axloq-odob qoidalariga amal qilishni bildiradi. Adolatning huquqiy tomoni qonunlarga rioya etishni, siyosiy tomoni esa davlatni adolat qoidalari asosida boshqarishni, fuqarolar gʻamini yeyishni anglatadi. Rivojlangan jamiyatda adolat kishilarning demokratik qonunlar asosida ish yuriti-shini taqozo etadi, unda har bir odam oʻz mehnati, tadbirkorligi, aql-zakovati tu-fayli topgan mol-mulki hisobiga yashaydi. Davlat oʻz faoliyatida fuqarolar tomonidan adolat qoidalari va qonunlarga amal qilinishini nazorat etadi, jamiyat aʼzolarining mol-mulki daxlsizligi va qonun oldida tengligini taʼminlaydi.

ʻ’Justitiaʼ’ (Maarten van Heemskerk, 1556)

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil