Aeroiqlimshunoslik — Iqlimshunoslikiing troposfera va quyi stratosfera (25 km balandlikkacha)dagi iqlim sharoitlarini oʻrganuvchi boʻlimi. Yer sirtining bevosita taʼsiri sezilmaydigan balandlikdagi qatlamdan erkin atm. (e.a.) boshlanadi. Aeroiqlimshunoslik iqlim, meteorologik elementlar — bosim, temperatura, namlik, radiasiya balansi va shamolning statistik koʻrsatkichlari bilan ifodalanadi. Aeroiqlimshunoslikda shamol kuchayib, yoʻnalishi turgʻunlashadi. Iqlim hosil qiluvchi asosiy jarayonlar issiqlik almashishi, namlik almashishi va atomning umumiy sirkulyasiyasidir. Aeroiqlimshunoslikdagi barcha meteorologik elementlarning davriy va uzluksiz oʻzgarishi, koʻp yillik rejimi asosan shu jarayonlar bilan aniqlanadi. Iqlim hosil qiluvchi bu uch omil bir-biriga bogʻliq Aeroiqlimshunoslikda namlik kamayishi atm. qurgʻoqchiligiga olib keladi. Geografik kenglikning meteorologik elementlarga taʼsiri balandlikka qarab orta boradi. Aeroiqlimshunoslik qatlamlari iqlimi geografik kenglik boʻyicha aniq taqsimlanadi. Aeroiqlimshunoslik ana shu omillarni tadqiq qilish bilan shugʻullanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Aeroiqlimshunoslik" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil