Aetsiy Flaviy (taxminan 390-454. 21.9, Rim) — sarkarda, Gʻarbiy Rim imperiyasining soʻnggi himoyachilaridan biri. 425 yil A. gunn jangchilari koʻmagida Gʻarbiy Rim imperiyasining oliy rahbarlik lavozimlarini egallashga erishgan: bir necha bor konsul etib saylangan, patrisiy unvonini olgan. A.ning mavqeini pasaytirish maqsadida imperatritsa Galla Platsidiya Afrikadagi qoʻshinlar qoʻmondoni Bonifatsiyni Italiyaga chaqirtirib olgan. Shunga qaramasdan 432 yil A. imperiya qoʻshinlari bosh qoʻmondoni lavo-zimini egallagan. 450 yil gunnlar bilan A.ning yaxshi munosabatlari buzilgan. 451 yil Katalaun jangida A. boshchiligida germanlar va alanlardan tashkil topgan qoʻshin vestgotlar koʻmagida Attila qoʻmondonligi ostidagi gunnlar ustidan galaba qozongan. A. imperatorning qizi Yevdokiyani oʻgʻliga olib bsrishga harakat qilgani uchun im-perator Valentinian 111 tomonidan Pa-latin tepaligidagi qabul marosimida oʻldirilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil