Afaziya (yunoncha a — inkor qoʻshimchasi va phasis — fikr) — gapira olmaslik, soʻzlash qobiliyatining buzilishi. Afaziya ga bosh miya poʻstloq qavatidagi soʻzlash markazining oʻzgarishi sabab boʻladi. Motor (harakat) va sensor (sezish) xillari bor. Motor Afaziyada bemor gapirmoqchi boʻlganda soʻzlarni topa olmasa, sensor Afaziyada bemorga qaratilgan soʻzlar maʼnosini anglab yetmaydi, oʻz nutqini nazorat qilolmaydi. Afaziya bosh miyaning ogʻir kasalliklari, rivojlanuvchi falajlik va hokazoda uchraydi[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil