Afrika-osiyo gʻoʻzasi, oʻt gʻoʻza (Gossypium herbaceum L.) — madaniy gʻoʻza turi. Birinchi marta K. Linney taʼ-riflab bergan (1753). Qadimdan va oʻrta asrlarda A.-o.gʻ. Gʻarbiy Afrikaning Atlantika okeani sohillaridan Xitoyning shim. viloyatlarigacha tarqalgan. Oʻzbekistonda 19-asr oxirigacha asosan A.-o.gʻ. populyatsiyalari ekilgan. A.-o. F. oʻrtacha buta, tuklar bilan qoplangan (goho tuksiz boʻladi). Oʻsuv shoxlari uzun; hosil shoxlari 4-5 boʻgʻimli. Barglari oʻrtacha kat-talikda, och yashildan qizgʻishgacha, 3-7 boʻlakli. Gullari oʻrtacha kattalikda, gul-barglari sariq. Koʻsaklari 3-4 chanoqdi. Tolasi kalta, dagʻal, oq yoki qoʻngʻir, tolasining uz. 15 mm dan 25 mm gacha. Oʻsish sharoiti turlicha boʻlishi tufayli A.-o.gʻ. keng polimorfizmga ega. A.-o.gʻ.ning barcha formalari F. M. Mauyer sistemasi boʻyicha toʻrtta evolyutsion guruhga boʻlinadi: qad. yovvoyi xillar; koʻp yillik ruderal va madaniy xillar; juda madaniylashgan, nisbatan tezpishar tropik xillar; tezpishar, hosil shoxli subtro-pik xillar. A.-o.gʻ. paxtasining tola uzunligi va texnologik koʻrsatkichlari boʻyicha oʻrta tolali gʻoʻzalar tolasidan past turadi. Ulardan quyi nomerli iplar yigiriladi, ogʻir, shu jumladan issiq gazlamalar ishlab chiqarish da foydalaniladi (qarang Gʻoʻza).

Adabiyotlar tahrir

  • Mauyer F. M., Gʻoʻza, 1-t., T., 1957;
  • Ter-Avanesyan D. V., Xlopchatnik, L., 1973.