Agamalar (Agama) — agamasimonlar oilasiga mansub kaltakesaklar urugʻi. Tanasi yassi, boshi uchburchak shak-lda, dumi silindrsimon yoki ikki yondan bir oz siqilgan. Tanasi xilma-xil rangda, ayniqsa erkaklari rang-barang boʻladi. A.ning 70 ga yaqin turi maʼlum. Afrika, Janubi-Gʻarbiy va Markaziy Osiyoning ochiq dasht, choʻl va toshloq togʻli hududlarida tarqalgan. Ayrim turlari Janubi-Sharqiy Yevropada ham uchraydi. Oʻzbekistonning daryo vodiylari va choʻllarida choʻl agamasi, yaʼni kunqargʻar (Agama sangyinalenta), togʻli hududlarida Turkiston agamasi, yaʼni toshkaltakesak (Agama lohmanni), Kavkaz agamasi (Agama caucasia), Himolay agamasi (Agama himalayana), Pavlovskiy agamasi (Agama pawlowskii) tarqalgan. A. har xil hasharotlar, oʻrgimchaksimonlar, koʻpoyoqlilar va mayda kaltakesaklar, shuningdek yashil oʻsimliklarning guli, 147barglari va mevasi bilan oziqlanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil