Agrokimyo, agronomik kimyo — tuproq va oʻsimliklardagi kimyoviy jarayonlar, oʻsimliklarning mineral oziqlanishi, oʻgʻitlar va tuproqni ki-myoviy melioratsiyalash vositalarini qoʻllash toʻgʻrisidagi fan. A. qishloq xoʻjaligini kimyo-lashtirishning ilmiy asosini tashkil etadi. A. oʻsimlik, tuproq va oʻgʻitlar oʻrtasidagi munosabatni, dala sharoitida oʻsimliklar oziqlanishini oʻrganadi, oʻsimliklarning oziqlanishiga eng qulay sharoit yaratish, tuproq va oʻgʻitlar tarki-bidagi oziq moddalarning oʻzlashtirilish koef. oshirish maqsadida ushbu sharoitlarni oʻzgartirish yoʻllarini, shuning-dek, hosildorlikni oshirishning boshqa vositalari — pestitsidlar, oʻsish sti-mulyatorlarini koʻllash, tuproq unum-dorligini yaxshilash va hosildorligini oshirish maqsadida kimyoviy meliorasiya vositalarini qidirib topadi. A. fani tuproqshunoslik, dehqonchilik, oʻsimliklar fiziologiyasi va biokimyosi, qishloq xoʻjaligi mikrobiologiyasi, kimyo va fi-zika fanlari bilan bevosita bogʻlangan. A.da nazariy va amaliy masalalarni oʻrganish uchun har xil tadqiqot usullari qoʻllaniladi. Bularga oʻsimlik, tuproq va oʻgʻitlarni laboratoriyada kimyoviy, fizik-ki-myoviy tahlil qilish; oʻsimliklarda ve-getatsion tajriba (vegetatsion uychalarda va issiqxonalarda) oʻtkazish; har xil tuproq-iqlim sharoitlarida oʻgʻitlar bilan dala tajribalari (oʻgʻitlarning geogra-fik mintaqalardagi tajribalari) olib borish; xoʻjaliklarda ishlab chiqarish tajribalari 158oʻtkazib, olingan natijalarga iqtisodiy baho berish ishlari kiradi. A.da oʻsimlik asosiy tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Oʻsimliklar oziqlanishini oʻrganish va oʻgʻitlar vositasida uni izga solish usullarini ishlab chiqishda har bir oʻsimlik (ekin)ning biologik va agrotexnik xususiyatlari hisobga olinadi. A. tuproqshunoslik va tuproq mikrobiologiyasi bilan bogʻliq boʻlganligi uchun unda tuproq ham oʻrganilishi kerak. A. tuproq tarkibidagi oziq moddalarning umu-miy miqdorini, ularning oʻsimliklarga oʻtish xususiyatini, oʻgʻitlarning oʻzgarish jarayonlarini va tuproq xossasiga taʼsirini hamda oʻgʻitlarni ishlatish meʼyorini va nisbatini, ularni turli xil ekinlarga solishning ratsional muddatlari va usullarini, oʻgʻitlarni qoʻllashning tuproqni ishlash tizimlari, alma-shib ekish, sugʻorish tartiboti va boshqa bilan toʻgʻri qoʻshib olib borishni oʻrganadi. A. oʻsimliklarning oziqlanishini oʻrganishi tufayli oʻsimliklar fizio-logiyasi va biokimyosi bilan bogʻlangan. Oʻgʻitlarni bir shakldan ikkinchi shak-lga oʻtishi tuproqning xususiyatlariga, tuproqshunoslar, kimyogarlar va mik-robiologlar oʻrganadigan kimyoviy va mikrobiologik jarayonlarga bogʻliq. A. fan sifatida 19-asrning 40-y.larida shakllandi. Uning shakllanishida nemis kimyogari Yu. Libix (1803-73)ning oʻsimliklarning mineral oziqlanishi haqidagi taʼlimoti muhim ahamiyatga ega boʻldi. Oʻzbekistonda, garchi dehqonchilikda goʻng, kul, loyqa, qum, paxsa kesaklaridan oʻgʻit sifatida qadimdan foydalanib ke-lingan boʻlsada, A. fani tarixi 20-asr dan boshlanadi. Birinchi agrokimyoviy taj-ribalarda ekinlarda oʻgʻitlarni qoʻllash masalalari R. R. Shreder, M. M., Bushuyev, I. K. Negodnoye tomonidan oʻrganilgan (1906 — 28 ylarda 121 tajriba oʻtkazilgan). Respublikada A. fanini ri-vojlantirishda Oʻzbekiston paxtachilik instituti, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti (1977) katta rol oʻynadi. A. rivojlanishi bilan respublikada mineral oʻgʻitlar sanoati taraqqiy etdi (qarang Kimyo sanoati, Kimyo instituti). Respublikada A. fanini rivojlantirishda B. M. Isayev, M. A. Belousov, N. N. Zelenin, T. S. Zokirov, B. P. Machigin, I. N. Niyozaliyev, P. V. Protasov, T. P. Piroxunov, G. I. Yarovenko va boshqalarning ishlari muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda Tuproqshunoslik va agrokimyo institutda, qishloq xoʻjaligi oliy oʻquv yurtlaridagi A. kafedralarida A. masalalarini oʻrganish boʻyicha tadqiqot ishlari olib boriladi. Ad.: Protasov P. V., Niyozaliyev I. N.,Toirov T. 3., Paxtachilikdaagroximiya, T., 1981; Zokirov T. S, Pochvenno-agro-ximicheskiye osnovi xlopkovodstva, T., 1987. I. N. Niyozaliyev, T. 3. Toirov.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil