Aguaskalentes - Meksikaning markaziy qismidagi shahar, Aguaska-lentes shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 293 ming kishi (1990). Temir yoʻl tu-guni. To‘qimachilik (ip gazlama, movut), oziq-ovqat (un tortish, meva konserva), neftni kayta ishlash sanoati korxona-lari bor. Keramika buyumlari ishlab chiqariladi. Q.x. rayonining savdo marka-zi. A. yaqinida issiq mineral suvli ku-rort (shahar nomi ham shundan) bor. A. ga 1575 yilda asos solingan. 18-asrga oid me’-moriy yodgorliklar saqlangan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil