Ahmad ibn Tulun Abulabbos (835 −883) — Misrda 868 — 905 yillarda hukmronlik qilgan tuluniylar sulolasi asoschisi. Ahmad Ibn Tulun Abulabbos T. yoshligida Bagʻdod xalifasi saroyida xizmat qilgan. 868 yildan Misrning muvaqqat voliysi. Qaynotasi Mojur Misr voliysi qilib tayinlangandan soʻng (870), butun Misrni idora qilish ishi Ahmad Ibn Tulun Abulabbos T. qoʻliga oʻtgan. Shundan keyin u xalifalikdan mustaqil boʻlib ajrab chiqish uchun kurasha borib, 878 yil Shomni bosib oldi. Shu tariqa 200 mingdan ortiq askari boʻlgan mustaqil davlat tuzdi. Misr va Shom 904 yilgacha A i. T. asos solgan sulola xukm-ronligida boʻldi. Ahmad Ibn Tulun Abulabbos T. hukmronlikni oʻz qoʻlida saqlab qolish uchun koʻp qon toʻkdi, lekin qurilish va obodonchilik ishiga katta ahamiyat berdi. Qohira shahri chekkasida u qurdirgan katta jome masjid, kurkam saroy va shifoxona hozirgi kungacha saqlanib qolgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil