Ahroriy, Xoʻja Ahroriy — xalq seleksiyasida yaratilgan ertapishar oʻrik navi. Daraxti kuchli oʻsadi, keng shox-shabbali, shoxlanishi oʻrtacha, bargi yirik, si Irak tukli va uchli. Guli oʻrtacha, oq. Mevasi yirik (40- 45 g), och sariq, qizil, baʼzan zargʻaldoq, eti qalin, sershira (12,3% ga qadar qand, 0,8% kislota bor), eti danagidan yaxshi ajralmaydi. Magʻzi shirin. Shoʻrlangan va yer osti suvlari yuzaroq joylarda ham oʻsadi. Sovuqqa chidamli. Koʻchati eqilganidan keyin 5-6- yili hosilga kiradi. 20-25 yoshida 60-70 kg meva beradi. Mevasi iyunning oʻrtalarida pishadi va tez toʻkilib ketadi. Hoʻlligida isteʼmol etiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil