Air France (fransuzcha talaffuzi: ​[ɛːʁ fʁɑ̃s]) – Air France-KLM aviakompaniyasining shoʻba korxonasi. Jahondagi eng yirik va qadimgi aviakompaniyalardan biri.

Air France logotipi

Aviakompaniya KLM bilan qoʻshilishdan oldin 71 654 nafar xodimga ega fransuz milliy aviakompaniyasi boʻlgan (2005-yil yanvar holatiga koʻra). Aviakompaniya magistral va mintaqaviy samolyotlardan foydalanadi. Parij (Charles de Gaulle xalqaro aeroporti va Orly aeroporti), Lion va Nice aeroportlariga tayanadi. Air France SkyTeam xalqaro alyansining bir qismi boʻlib, uning Yevropadagi asosiy hamkorlari Alitalia va Aeroflot aviakompaniyalaridir. Aviakompaniya 1933-yil 7-oktyabrda tashkil etilgan. Hozirda 187 ta yoʻnalishga parvozlar amalga oshirilmoqda.

Aviakompaniya hamkorlari tahrir

SkyTeam alyansi hamkorlari:

Floti tahrir

Yoʻlovchi floti tahrir

 
Boeing 747-200
 
Boeing 777-200ER

2021-yil iyul oyida Air France floti oʻrtacha yoshi 14,7 yil boʻlgan 214 ta samolyotdan iborat boʻlgan:[1]

Tasvir Samolyot Miqdori Buyurtma qilingan Sigʻim
  Airbus A220-300 25 35 149
  Airbus A318 9 0 131
  Airbus A319 15 0 142
  Airbus A320-200 39 0 172
  Airbus A321-100/200 4/14 (18) 0 206
  Airbus A330-200 15 0 219 (40/179)
  Airbus A350-900 20 21 324 (34/24/266)
  Boeing 777-200ER 18 0 264 (4/49/211)
  Boeing 777-300ER 43 0 310 (8/67/235)

325 (8/67/250) 472 (14/36/422)

  Boeing 787-9 10
Jami: 212 56

Yuk floti tahrir

Tasvir Samolyot Miqdori
  Boeing 777-200F 2
 
Air France aviakompaniyasining Boeing 707 rusumli samolyoti (1977-yil).

Aviakompaniya tomonidan ilgari foydalanilgan samolyotlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Please verify your request“. www.planespotters.net. 2019-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyul.

Havolalar tahrir