Ajdar oʻrgatuvchilar (inglizcha: How to Train Your Dragon; asl tarjimasi: Ajdaringizni qanday tarbiyalash kerak) 2010-yili chiqarilgan jangari-fantaziya janridagi kompyuter-animatsion filmdir. DreamWorks Animation studiyasi tomonidan ishlangan va Paramount Pictures tomonidan tarqatilgan. Film gʻoyasi Cressida Cowellning 2003-yilda yozilgan shu nomli kitobiga asoslangan. Filmga ovoz bergan aktyorlar sirasiga Jay Baruchel, Gerard Butler, Craig Ferguson, America Ferrera, Jonah Hill, Christopher Mintz-Plasse, T.J. Miller va Kristen Wiig kirishadi.

Ajdar oʻrgatuvchilar
How to Train Your Dragon

Film posteri
Rejissyor(lar)
  • Chris Sanders
  • Dean DeBlois
Prodyuser(lar) Bonnie Arnold
Ssenariynavis(lar)
  • Will Davies
  • Dean DeBlois
  • Chris Sanders
Rollarda
Bastakor(lar) John Powell
Muharrir(lar)
  • Darren T. Holmes
  • Maryann Brandon
Studiya(lar) DreamWorks Animation
Distribyutor Paramount Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 26-mart, 2010-yil(2010-03-26)
Davomiyligi 98 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $165 million[1]
Daromadi $495,8 million[1]
Keyingi film Ajdar oʻrgatuvchilar 2

Film Oscar mukofotiga nomzod etilgan (Eng yaxshi animatsiya hamda Eng yaxshi soundtrack); biroq, tegishli toifalarda Oʻyinchoqlar tarixi 3 va Ijtimoiy tarmoq filmlariga yutqazgan.

Ajdar oʻrgatuvchilar filmi afsonaviy Viking olamida sodir boʻladigan voqeani hikoya qiladi. Film 2010-yil 26-martda[2] ekranlarda namoyish etila boshlandi. Uning keltirgan daromadi $500 millionga yaqinlashib, DreamWorks Animationʼning beshinchi eng omadli filmi boʻldi (4 ta Shrek filmlaridan keyin). Ajdar oʻrgatuvchilar kinotanqidchilar tomonidan juda xush qarshilandi, u 98% reyting bilan baholandi[3].

Film sikvellari — Ajdar oʻrgatuvchilar 2 va Ajdar oʻrgatuvchilar 3: Yashirin dunyo mos ravishda 2014 va 2019-yillarda chiqarilgan.

Ovoz berganlar tahrir

Musiqasi tahrir

NomiDavomiyligi
1.„This Is Berk“4:10
2.„Dragon Battle“1:54
3.„The Downed Dragon“4:16
4.„Dragon Training“3:10
5.„Wounded“1:25
6.„The Dragon Book“2:22
7.„Focus, Hiccup!“2:05
8.„Forbidden Friendship“4:10
9.„New Tail“2:47
10.„See You Tomorrow“3:53
11.„Test Drive“2:36
12.„Not So Fireproof“1:12
13.„This Time for Sure“0:43
14.„Astrid Goes for a Spin“0:43
15.„Romantic Flight“1:56
16.„Dragon's Den“2:29
17.„The Cove“1:10
18.„The Kill Ring“4:28
19.„Ready the Ships“5:13
20.„Battling the Green Death“6:18
21.„Counter Attack“3:05
22.„Where's Hiccup?“2:43
23.„Coming Back Around“2:51
24.„Sticks & Stones“4:17
25.„The Vikings Have Their Tea“2:03
Jami davomiyligi:72:12

Relizi tahrir

Davlat Reliz sanasi
  AQSh 26-mart, 2010-yil
  Argentina 25-mart, 2010-yil
  Birlashgan Qirollik 31-mart, 2010-yil
  Fransiya 31-mart, 2010-yil
  Oʻzbekiston[8] 18-mart, 2010-yil

Mukofotlari tahrir

Mukofot va nominatsiyalar[9]
Mukofot Turkum Natija
Оscar
Eng yaxshi animatsion film
Nominatsiya
Eng yaxshi film musiqasi
Nominatsiya
BAFTA
Eng yaxshi animatsion film
Nominatsiya
Eng yaxshi film musiqasi
Nominatsiya
Oltin globus
Eng yaxshi animatsion film
Nominatsiya
Annie
Eng yaxshi animatsion film
Yutuq
Eng yaxshi animatsion effektlar
Yutuq
Eng yaxshi animatsion film rejissurasi
Yutuq
Eng yaxshi musiqa
Yutuq
Visual Effects Society Awards 2010
Eng yaxshi animatsiya
Yutuq
Eng yaxshi vizual effektlar
Yutuq
Eng yaxshi animatsiya qahramoni — „Tishsiz“
Yutuq
67-Venetsiya kinofestivali (2010)
Eng yaxshi 3D formatli film
Yutuq

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „How to Train Your Dragon (2010)“. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 18-dekabr 2010.
  2. „How to Train Your Dragon“. ComingSoon.net. Coming Soon Media, L.P.. 30-iyun 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyul 2008-yil.
  3. „How to Train Your Dragon (2010)“. Rotten Tomatoes. Fandango Media. Qaraldi: 16-noyabr 2018-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 "Viking-Sized Cast", How to Train Your Dragon Blu-ray
  5. „Gerard Butler Interview, Movies Online“. 22-iyul 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Nadder, Zippleback and Gronckle Lessons From 'How to Train Your Dragon'“. Lineboil (17-fevral 2010-yil). 23-fevral 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-fevral 2010-yil.
  7. „David Tennant News Updates: How To Train Your Dragon“. 8-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2010-yil.
  8. „Как приручить дракона“. Afisha.uz. Qaraldi: 22-fevral 2023-yil.
  9. „Награды и номинации - на данный момент самый полный список“ (inglizcha). 2012-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar tahrir