Akbar Toʻrayev 1989-yili 27-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan. Ampluasi darvozabon, Fargʻonaning Neftchi futbol klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi.

Akbar Toʻrayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Akbar Tohirovich Toʻrayev
Tavallud sanasi 27-avgust 1989-yil (1989-08-27) (34 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR SSSR
Boʻyi 190 cm (6 ft 3 in)
Ampluasi Darvozabon
Vazni 84 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi
Raqami 45
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2009 Bunyodkor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2016 Bunyodkor 26 (0)
2017 Olmaliq 7 (0)
2018 Navbahor 17 (0)
2019 AGMK 5 (0)
2020 Surxon 13 (0)
2021— Neftchi 41 (0)
Milliy terma jamoa
2008—2009 Oʻzbekiston U20 3 (0)
2008—2012 Oʻzbekiston U23 5 (0)
2014 Oʻzbekiston 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

Akbar Toʻrayev 2007-yildan beri faqat bitta Bunyodkor klubida oʻynab kelmoqda. Klubdagi ilk professional debyut oʻyinini 2010-yilning 26-iyunida Oʻzbekiston kubogi musobaqasida Andijonning Andijon klubiga qarshi kechgan oʻyinda oʻtkazgan[1]. Oʻzbekiston chempionatidagi ilk uchrashuvini esa 2012-yilning 17-noyabrida Zarafshonning Qizilqum klubi bilan boʻlgan oʻyinda oʻtkazgan, oʻshanda u zaxiradan maydonga tushgan edi[2].

U koʻpicha klub zaxira oʻrindigʻida qolib ketar edi, faqat 2014-yilga kelib u Bunyodkorning asosiy darvozaboniga aylandi va oʻsha mavsumda u 16ta oʻyinda qatnashdi, shulardan 5tasi Oʻzbekiton kubogi uchrashuvlari, 4tasi esa Osiyo chempionlar ligasi oʻyinlari hisasiga toʻgʻri keladi. 2020-yilgi mavsumda Termizning „Surxon“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[3]. 2021-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[4][5].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Toʻrayev Oʻzbekiston yoshlar va olimpiyada terma jamoasida qatnashib ancha tajriba orttirgan[6].

Akbar Toʻrayev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safiga zaxira darvozabon sifatida ilk bora 2012-yilning fevral oyida chaqirildi. Terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini esa 2014-yilning 10-oktyabr kuni Bahrayn terma jamoasi bilan boʻlgan oʻyinda oʻtkazgan[7].

Bosh murabbiy Mirjalol Qosimov Akbar Toʻrayevni 2015-yilgi Osiyo kubogi musobaqasida qatnashish uchun terma jamoa safiga qoʻshib oldi.

Statistikalar tahrir

Klub

2015-yil 3-mart kungi maʼlumotlar boʻyicha olindi.[8][9]

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Qitʼaviy Boshqa Umumiy
Divizion Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol
Bunyodkor 2012 Oliy liga 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
2013 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2014 16 0 5 0 5 0 0 0 26 0
2015 0 0 0 0 3 0 0 0 3 0
Umumiy 17 0 5 0 8 0 0 0 30 0
Jaʼmi faoliyatida 17 0 5 0 8 0 0 0 30 0
Xalqaro
Oʻzbekiston terma jamoasi
Yil Isht Gol
2014 2 0
Umumiy 101 46

2014-yil 18-noyabrdagi maʼlumotlar boʻyicha[8]

Manbalar tahrir

  1. Bunyodkor Andijon uchrashuvi hisoboti
  2. Bunyodkor Qizilqum uchrashuvi hisoboti
  3. „Расмий хабар: Акбар Тўраев "Сурхон" билан шартнома имзолади“. 2023-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
  4. „"Нефтчи" ва Мўминжонов Тошкентда йиғинни бошлади. Таркиб кучайтирилишда давом этади“. 2023-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
  5. „Расмий хабар: "Нефтчи" 7 нафар футболчи билан шартномани узайтирди“. 2023-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
  6. 11 сентября олимпийцы Узбекистана сыграют с Оманом, 21–yanvar 2015–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 20–aprel 2015–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  7. Oʻzbekiston Bahrayn oʻyini hisoboti
  8. 8,0 8,1 Akbar Toʻrayev at National-Football-Teams.com  
  9. „A.Turaev“. http://int.soccerway.com/. Soccerway. Qaraldi: 4-mart.

Havolalar tahrir