Aktiniy (lotincha: Actinium, yun. aktinos — nur), Ac — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy radioaktiv element. Tartib raqami 89, atom massasi 227, 0278; yer poʻstining ogʻirlik jihatdan qismini tashkil etadi, 1899-yilda fransuz kimyogari A. Debern uran rudasi chiqindilarini nur-276lantirish paytida kashf etgan. Uning 10 izotopi maʼlum: As2" (yarim yemirilish davri 21,8 yil), As228 (yarim yemirilish davri 6,13 soat), As225 (yarim yemirilish davri 10 kun). A.kumush rang metall; suyuqlanish temperaturasi 1040° C, kimyoviy xossalari jihatidan lantanga oʻxshaydi. U 3 valentli, havoda tez oksidlanadi, xlorid va nitrat kislotalarda eriydi. Toza A.ni yadroviy jarayonlar yordamida olish qulay.Radiyni atom reaktorida neytronlar yordamida nurlantirish yoʻli bilan koʻp miqdorda A. olish mumkin.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil