Aktinolit, nur sochuvchi tosh (lot. actis — nur, lithos — tosh) — amfibollar guruhidan boʻlgan jins hosil qiluvchi mineral. Baʼzan MpO aralashmasi bilan uchraydi (manganaktinolit). Kattiqkigi 5-6. C. ogʻ. 3,2-3,3. Rangi och yashildan toʻq yashilgacha. Shishasimon yaltiroq. Mo-noklin sistemasida kristallanadi. Radial-nursimon agregatlarga toʻplangan choʻziq, ignasimon va ipsimon kristallar hosil qiladi. Uning zich turi nefrit deb ataladi. A. skarnlarda, magmatik va me-tamorfik jinslarda uchraydi. Kislotaga chidamli material tayyorlashda ishlatiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil