Akvamarin
Akvamarin (lot. aqua marina — dengiz suvi) — mineral. Qattiqligi 7,5- 8. Akvamarin 2,63-2,80. Rangi zangori, koʻkimtir-yashil yoki kulrang-zangori. Geksagonal prizmasimon choʻziq shaklga ega. A. granit peg-matitlarida va yuqori temperaturali kvars yerto-mirlarda uchraydi. Akvamarin qimmatbaho tosh, zargarlik buyumlari uchun ishlatiladi. Uning yaroqsiz darz ketgan turlari berilliy olish uchun xomashyo hisoblanadi. Akvamarinning qiymati uning vazni, rangi, kesilishi yoki tiniqligi bilan belgilanadi.
Asosiy | |
---|---|
Formulasi | Be3Al2Si6O18 |
Aralashma modda | Temir |
Guruh | Berill guruhi |
Fizik xususiyatlari | |
Rangi | Och ko‘k, yashil, zangori, kulrang ko‘k, yashil ko‘k |
Yaltiroqlik | Shisha |
Shaffoflik | Shaffof emas |
Qattiqlik | 7,5-8 |
Zichligi | 2,67—2,71 g/sm³ g/sm³ |
singoniyasi | Olti burchakli |
Akvamarin Vikiomborda |
Qazib olinishi tahrir
Akvamarinni Afgʻoniston, Xitoy, Keniya, Pokiston, Rossiya, Mozambik, Qoʻshma Shtatlar, Braziliya, Nigeriya, Madagaskar, Zambiya, Tanzaniya, Shri-Lanka, Malavi, Hindiston, Zimbabve kabi mamlakatlarda topish mumkin. Minas-Jerais shtati akvamarin qazib olinuvchi asosiy manba hisoblanadi.
Adabiyotlar tahrir
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |