Akvatoriya [lot. aqua — suv va (territoriya] — suv havzasi yuzasining 260bir qismi. Port akvatoriyasi deganda portning quruqlikdagi qismidan tashqari suv qismi tushuniladi. Gidro-aerodrom akvatoriyasi — suv yuzasining gidrosamolyotlar uchishi, qoʻnishi va langarda turishi uchun ajratilib, maxsus jihozlangan qismi. Yangi qurol va texnikani sinab koʻrish uchun poligon sifa-tida foydalaniladigan suv maydoni ham A. deyiladi. Baʼzan A. harbiy kemalar turadigan joyni ham oʻz ichiga oladi. Dengiz xoʻjaliklari (baliqchilik, boshqa dengiz hayvonlarini koʻpaytirish, dengiz karami yetishtirish va boshqalar) rivojlanishi bilan turli xoʻjalik A.lari paydo boʻlmoqda.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil