Al-Uqsur (arabcha: الأقصر) — Misrdagi shahar, Nil daryosi oʻrta oqimining oʻng sohilida. Aholisi 360,5 ming kishi (1996). Temir yoʻl stansiyasi. Aeroport bor. Al-U. — iqlim kurorti. Iqlimi quruq choʻl iqlim; yomgʻir deyarli yogʻmaydi. Oʻrtacha temperatura yanvarda 16,7°, martda 22, G. Al-U.da buyrak, yuqori nafas aʼzolari xastalangan bemorlar davolanadi. Xalqaro turizm markazlaridan. Mehmonxona, pansionat koʻp. Hunarmandchilikda es-dalik buyumlari (suvenirlar) tayyorlanadi.

Al-Uqsur
25°41′48″N 32°38′40″E / 25.69667°N 32.64444°E / 25.69667; 32.64444 G OKoordinatalari: 25°41′48″N 32°38′40″E / 25.69667°N 32.64444°E / 25.69667; 32.64444 G O
[[File:|290px|Al-Uqsur xaritada]]

Al-U. qad. Fiva (Misrning miloddan avvalgi 21— 11-asrlardagi poytaxti) oʻrnida bunyod boʻlgan. Al-U.ning gʻarbiy chekkasida Amon-Ra, Mut va Xonsu xudolarining ibodatxonalari joylashgan. Bu yodgorliklarda Yangi podsholik davrining (miloddan avvalgi 16—11-asrlar) meʼmoriy anʼanalari aks etgan, kolonnadalardan keng foydalanilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil