Aldosteron — buyrak usti bezi poʻst qavatining gormoni; kortikostero-idlarp mansub, kortikosteron hosilasi. Mol. m. 360,48. Kortikosteroid faollikka ega. Dezoksikortikosterondan 100-120-marta faolroq. A. organizmda minerallar almashinuvini, natriyning bevosita soʻrilishini va kaliyning siydik bilan ajralishini rostlab turadi. A. hosil boʻlishi organizmdagi suv-tuz al-mashinuvi va ovqat tarkibidagi natriy va kaliy miqdoriga bogʻliq. A. ajralishida adrenokortikotrop gormon, angio-tenzin, renin va boshqa ishtirok etadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil