Aleksandr Aleksandrovich Blok [1880. 16 (28). 11, Peterburg 1921. 7.8, Petrograd] — rus shoiri. Peterburg universitetini tamomlagan (1906). "Zolotoye runo" jurnali (1907—08) va Jahon adabiyoti nashriyotida (1918 yildan) ishlagan, Butun Rossiya shoirlar uyushmasi Petrograd boʻlimini boshqargan (1920 yildan). Ilktoʻplami — "Goʻzal Bonu haqida sheʼrlar" (1904) rafiqasi Lyubov Dmitriyevna (kimyogar D. Mendeleyevnij qizi)ga bagʻishlangan. Dastlab B. simvolist shoir sifatida tanilgan. 1905 yil inqilobiy oʻzgarishlar taʼsirida simvolizmdan voz kechib, ijtimoiy mavzuda "Shahar" (190408), "Vatan" (190716), "Dahshatli olam" (190816), "Qasos" (190713) turkum sheʼrlari va "Tomoshaxona" (1906), "Atirgul vaxoch" (191213) kabi dramalar yozgan. B. 1917 yilgi Oktyabr toʻntarishini shodxurramlik bilan kutib olmagan boʻlsada, ammo u bolsheviklarning ashaddiy muxoliflari (I.A. Bunin, N. Gumilyov, Z. Gippius, A. Kuprin, M. Svetayeva kabi) safida ham boʻlmagan. Bolsheviklar hokimiyatni qoʻlga olgandan soʻng 5 oy davomida B. "Oʻn ikki" dostonini, "Ziyolilar va inqilob" maqolasini yozib, Oktyabr voqealari va Rossiya takdiri haqida ijodiy mushohada yuritishga harakat qildi. Har ikki acap ziyolilar oʻrtasida qizgʻin bahsga sabab boʻldi. Shu hodisa B. ijodida chuqur inqiroz va turgʻunlikni yuzaga keltirdi. B. 1918 yilning mart oyidan soʻng to umrining oxirigacha (1921) hech qanday yangi asar yozmaydi, faqat "Qasos" poemasini nihoyasiga yetkazish bilan mashgʻul boʻladi.

Fayl:Aleisandr Blok.jpg

"Oʻn ikki" poemasi (A. Muxtor), koʻplab sheʼrlari (E. Vohidov, M. Ikrom, O. Muxtor va boshqalar) oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Manbalar tahrir

  • Sheʼrlar, T., 1967; Stixotvoreniya, poemi, T., 1986; Sochineniya v dvux tomax, M., 1990.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil