Aleksandr Aleksandrovich Fadeyev [1901.11(24). 12, hozirgi Kalinin viloyati Kimri shahri — 1956.13.5, Moskva] — rus yozuvchisi va jamoat arbobi. 1908-yil F.lar oilasi Uzoq Sharqqa koʻchib kelgan. F. shu yerda tijorat bilim yurtida oʻqigan (1912—19) va bolsheviklarga yaqinlashib, inqilobiy faoliyat bilan shugʻullangan. Moskvadagi Togʻkon akademiyasida 2 yil tahsil olgach, partiyaviy ishlarda xizmat qilgan (1924—26). SSSR Yozuvchilar boshqaruv organlarida turli lavozimlarda ishlagan (1926—56). Butunjahon Tinchlik kengashi vitseprezidenti (1950—56).

Aleksandr Fadeyev
Tavalludi 11 (24) dekabr 1901[1]
Vafoti 13-may 1956[2][3][4][5][6]
Ijod qilgan tillari Rus tili[3]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR[7]

Ijodi 1923-yilda boshlangan ("Oqimga qarshi". hikoya). Uzoq Sharkdagi partizanlar urushiga bagʻishlangan "Tormor" romani (1927)da yovvoyi tayga sharoitida kurashayotgan kishilarning mashaqqatli hayoti tayevirlangan. F. ushbu romani bilan hali shakllanib ulgurmagan sotsialistik realizm metodining asosiy tamoyillarini belgilab bergan.

F. 30-yillarda sovet yozuvchilarining 1sʼyezdini oʻtkazish va SSSR Yozuvchilar uyushmasini tashkil etishga katta kuch sarflagan. Ayni vaqtda 6 qismdan iborat "Udegening soʻnggisi" romani (1929—40, 4 qismi yozib tugatilgan) ustida jiddiy ish olib borgan.

F. Ikkinchi jahon urushi yillari (1943) da Krasnodon shahridagi yashirin tashkilot aʼzolarining nemis bosqinchilariga qarshi olib borgan qahramonona kurashiga oid hujjat va xotiralar bilan tanishib, "Yosh gvardiya" romanini (1945) yozgan. Tanqidchilik F.ni partiyaning yashirin tashkilot faoliyatidagi rolini romanda toʻgʻri aks ettirmaganlikda ayblagan va yozuvchi asarni qayta ishlashga majbur boʻlgan (1957). F. adabiytanqidiy maqolalari bilan ham sotsialistik realizm metodi asoslarini ishlab chiqishda faol ishtirok etgan. U butun umri davomida Stalin va partiya ishiga sodiq qolgan. Shaxsga sigʻinishning fosh etilishi bilan yuzaga chiqqan fojiali voqealar tufayli F. oʻzinioʻzi otib oʻldirgan. Asosiy asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Manbalar tahrir

  • Sochineniya, t. 13, M, 1981-82; O literature. Sbornik statey, M., 1970; Tormor, T., 1971; Yosh gvardiya, T., 1982.



  1. (unspecified title)
  2. // (unspecified title)
  3. 3,0 3,1 (unspecified title)
  4. (unspecified title)
  5. (unspecified title)
  6. (unspecified title)
  7. (unspecified title)