Aleksandr Nikolayevich Lodigin [1847.6(18). 10, Tambov viloyati — 1923.16.3] — rus elektrotexnigi. Moskva yunker oʻquv yurtini tugatgan (1867). Koʻmir sterjenli choʻgʻlanma lampa ixtiro qilgan (1872) va shu ixtirosi uchun Avstriya, Bukj Britaniya, Fransiya va Belgiyadan patent olgan. 1890-yilda metall tolali choʻgʻlanma lampaning bir necha turini yaratdi. Shuningdek, metall va rudalar eritadigan elektr pechlar qurdi, elektr tortqi, elektrotermiyaga oid ishlar ham qilgan. 1880- 1905-yillarda chet ellarda yashadi. 1916-yil AQShga ketib, oʻsha yerda vafot etdi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil