Aleksandr Nikolayevich Radishchev [1749.20(31).8, Moskva — 1802.12(24).9, Peterburg] — rus yozuvchisi va faylasufi. Peterburgdagi Pajlar korpusi (1762—66) va Leypsig universitetining huquqshunoslik fakulteti (1766—71)da oʻqigan. R. dunyokarashining shakllanishida fransuz maʼrifatparvarlarining asarlari muhim ahamiyatga ega boʻlgan. 1771-yilda R. Senatga protokolchi etib tayinlangan va shu vaqtda Mablining "Yunon tarixi haqida oʻylar" kitobini rus tiliga tarjima qilgan. 1773—75 yillarda diviziya prokurori boʻlib ishlagan, Pugachyov qoʻzgʻoloni shafqatsizlik bilan bostirilgach (1775), isteʼfoga chikib, turli joylarda xizmat qilgan. 80-yillarda rus maʼrifatparvarlari harakati qizgʻin tuye olganda R. ular bilan hamkorlik qilgan. Uning rus xalqi tarixi boʻyicha mushohada va mulohazalarining mahsuli sifatida "Lomonosov haqida soʻz" (1780), "Doʻstimga xat" (1782, Pyotr 1 haykalining ochilishi munosabati bilan) makrlalari, "Erkinlik" qasidasi (1783) va boshqa asarlari maydonga kelgan. 1790-yil esa R. ijodining "gultoji" — "Peterburgdan Moskvaga sayohat" asari R.ning oʻz bosmaxonasida 650 nusxada chop etilgan. Ammo kitob musodara etilib, R. ning oʻzi Sibirga surgun qilingan. R. Yekaterina II vafotidan keyin ozodlikka erishib (1796), otasining Nemsovo qishlogʻidagi qoʻrgʻoniga koʻchib borgan. 1801-yil esa u krnunlar tuzish komissiyasiga ishga jalb etilgan. R. "Peterburgdan Moskvaga sayohat" asarida 18-asr oxiri rus voqeligidagi ijtimoiy ziddiyatlarini teran ochib bergan. R.ning bu va boshqa asarlaridagi inqilobiy ruh sovet davrida yuqori baholangan va R. sovet mafkurasining bayrokdorlaridan biriga aylangan.[2]

Aleksandr Radishchev
Tavalludi 20 (31) avgust 1749
Vafoti 12 (24) sentyabr 1802[1]
Ijod qilgan tillari Rus tili
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi

Manbalar tahrir

  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil