Aleksandr Nikolayevich Xolminov (1925-yil 8-sentabr, Moskva2015-yil 26-noyabr, Moskva) — sovet rus bastakori, musiqa va jamoat arbobi. SSSR xalq artisti (1984). SSSR Davlat mukofoti (1978) va Glinka nomidagi RSFSR Davlat mukofoti (1969) laureati.

Tarjimai hol tahrir

Aleksandr Xolminov 1934-1941-yillarda Moskva Bauman tumanidagi musiqa maktabida(hozirgi S.S.Prokofьyev nomidagi Moskva shahar bolalar musiqa maktabi) ta’lim oladi.

U 1943-yilda Mosvka qoshidagi bilim yurtida bastakorlik boʻlimiga qabul qilinadi. Uning rahbarlari Ye.O.Messner va I.V.Sposobin edilar[1]. Bilim yurtida oʻqish bilan birga boʻlajak bastakor 2 yilga yaqin vaqt mobaynida Frunze nomidagi harbiy akademiyada ishladi. Xolminov bir yarim yil davomida bilim yurtini tamomladi va 1944-yili konservatoriyaga kirish uchun tavsiyanoma oladi.

U 1950-yilda P.I.Chaykovskiy nomidagi Moskva konservatoriyasini Ye. K. Golubeva rahbarligi ostida bitiradi.

Xuddi shu 1950-yilda u SSSR Bastakorlar uyushmasiga qabul qilindi. 1959-yilda RSFSR Bastakorlar uyushmasi tashkiliy qoʻmitasi a’zosi boʻldi. SSSR (1968-1990) va RSFSR (1973-1990) Bastakorlar uyushmasi boshqaruvi kotibi boʻladi.

Xolminov asosan opera va vokal-simfonik musiqasida faoliyat olib borgan.

1973-1990-yillarda bastakor RSFSR davlat mukofotlari boʻyicha hay’at a’zosi boʻladi.

Sochidagi I va II Xalqaro yoshlar qoʻshiq festivalida (1957-1968-yillarda), V.I.Lenin tavalludining 100-yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtgan Butunittifoq tanloviga hamda Drezdendagi (1977-yilda) Xalqaro kamera operasi tanlovi hakamlar hay’ati ishiga boshchilik qilgan. U shuningdek, Ovrupo madaniyat jamiyati (1966-yilda) a’zosi hamdir.

Bastakor 2015-yil, 26-noyabrda Moskvada fafot etadi

Oilasi tahrir

  • Otasi - Xolminov Nikolay Danilovich;
  • Onasi - Xolminova Mariya Alekseyevna;
  • Xotini – Xolminova Valeriya Ivanovna — pianinochi;
  • Qizlari: Evgeniya, Tatyana, Irina —  skripkachilar.

Mukofot va unvonlar tahrir

  • Moskvada boʻlib oʻtgan Butunjahon yoshlar va talabalar festivalida musiqa tanlovining 1-oʻrin va oltin medali (1957).
  • Venadagi Butunjahon yoshlar va talabalar festivalida musiqa tanlovida 1-oʻrin va oltin medal (1959).
  • RSFSRda xizmat koʻrsatgan san’at arbobi (1970).
  • RSFSR xalq artisti (1976).
  • SSSR xalq artisti (1984).
  • M.I.Glinka nomidagi RSFSR Davlat mukofoti (1969) – “Optimal fojia” (1965) va “Lenin haqida qoʻshiq” operasi uchun.
  • SSSR Davlat mukofoti (1978) - soʻnggi yillardagi asari uchun: "Yerdagi hayot uchun" kantatasi (1975), "Shinel" operasi (1975) va "Arava" (1975).
  • IV darajali “Vatan oldidan xizmatlari uchun” ordeni (2001) – musiqa san’ati rivojiga.qoʻshgan ulkan hissasi uchun[2].
  • Mehnat Qizil Bayroq ordeni.
  • “Shon-sharaf belgisi” ordeni.
  • Musiqa san’ati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Rossiya Federasiyasi Prezidentining minnatdorchiligi (2005)[3].
  • A.V.Aleksandrov oltin medali.

Ijodiy faoliyati tahrir

Ijodining eng mashhur qismi operalar boʻlib, ularning aksariyati klassik rus adabiyoti asarlari syujetlarida yozilgan. Operalar mamlakatlarning yetakchi sahnalarida Katta teatr, Marinskiy teatri, B.A.Pokrovskiy nomidagi Moskva davlat akademik kamera musiqali teatri va boshqalarda namoyish etilgan.

Operalar tahrir

  • “Pop va uning xizmatchisi Balda haqida ertak” (1940-yillarda, qisqartirilgan; A.Pushkin ertagi asosida)
  • “Maskarad” (M. Lermontov pesasi asosida)[4]
  • V.Vishnevskiy pesasi asosida “Optimistik fojia” (1965-yilda)
  • “Shinel” (1971-yilda N.Gogol qissasi asosida)
  • «Arava» (1971-yilda, N.Gogol qissasi asosida)
  • “Anna Snegina” (1966-yilda, S.Yesenin she’riyati asosida)
  • “Chapayev” (1974-yilda, D.Furmanov romani asosida)
  • "Oʻn ikkinchi seriya" (1977-yilda, V.Shukshinning "Ertalab ular uygʻonishardi" hikoyasi asosida)
  • “Vanka” (1979-yilda, A.Chexov pesasi asosida)
  • “Toʻy” (1979-yilda, A.Chexov pesasi asosida)
  • “Qaynoqqina qor” (1985-yilda, Yu.Bondarev romani asosida)
  • “Aka-uka Karamazovlar” (1985-yilda, F.Dostoyevskiy romani asosida)
  • “Poʻlatchilar” (1987-yilda, G.Bokarev pesasi asosida)
  • “Ma’rifat mevalari” (1990-yilda, L.Tolstoy p esasi asosida)
  • “Oʻrmon” (1996-yilda, A.Ostrovskiy pesasi asosida).

Kantatalar tahrir

8 ta kantata, jumladan:

  • "Lenin biz bilan" (V.Mayakovskiy matni, 1967-yilda)
  • "Salom, Vatan!" (1960-yilda)
  • "Yerdagi hayot uchun" (A.Tvardovskiy va M.Isakovskiy matni, 1975-yilda)
  • Lenin (1980-yilda)
  • "Gulla, bizning Vatan!" (A.Prokofev matni, 1982-yilda)
  • "Jang ostonasida turib" (A.Tvardovskiy matni, 1985-yilda)

Orkestr uchun tahrir

  • 8 ta simfoniya, jumladan:
    • Birinchi (1973-yilda)
    • Ikkinchi (xor bilan, xalq matnlarida, 1975-yilda)
    • Uchinchidan, Kulikovo jangining 600 yilligi sharafiga (1977-yilda)
    • Oltinchi simfoniya, bas, erkaklar xori va katta simfonik orkestr uchun (N.Gogolning "Kapitan Kopeykin haqida qissa" asosida)
  • Simfonik dostonlar:
    • Yosh gvardiya (1950-yilda)
    • Qahramonlik dostoni (1954-yilda)
    • Boʻrondan tugʻilganlar (1960-yilda)
    • Bayram dostoni (1980-yilda)

Konsertlar tahrir

  • 10 ta instrumental konsert, jumladan:
    • Fleyta va torli orkestr uchun konsert (1978-yilda)
    • Violonchel va kamera xori uchun konsert (1980-yilda)
    • Violonchel, mis kvintet va uchta litavr uchun konsert
    • Ikkita skripka va kamera orkestri uchun konsert

Boshqa tahrir

  • 4 torli kvartet (jumladan, 1980-1985-1986-yillarda)
  • Xalq cholgʻulari orkestri uchun 2 syuita (1953-1955-yillarda)
  • Ukraina fantaziyasi (1954-yilda)
  • Bayram uverturasi (1956-yilda)
  • Xush kelding, uvertura (1977-yilda)
  • Fortopiano uchun bolalar albomi(1970-yilda)
  • Ovoz va pianino uchun kompozisiyalar, tugmali akkordeon - 4  ta ballada (rus shoirlari she’rlariga, 1954-yilda)
  • Vokal sikllar (A.Pushkin, A.Blok, A.Axmatova, S. Kaputikyan, M. Karim, T.Isikav va boshqa shoirlarning she’rlariga:
    • Ish faxri (1962-yilda)
    • Yashasin romantika! (1963-yilda)
    • Kutish vaqti (1969-yilda)
    • Bir hovuch qum (1970-yilda)
    • Birinchi momaqaldiroq (1970-yilda)
  • Torlar uchun musiqa (1988-yilda)
  • Kamera orkestri uchun Concerto grosso (1988-yilda)
  • “Moskva — ona Vatanim” akapella xor uchun syuita
  • Xor va orkestr uchun uchta rus qoʻshigʻi
  • 50 ga yaqin qoʻshiqlar, shu jumladan: “Lenin haqida qoʻshiq” (1955-yilda), “Yoshlar qoʻshigʻi” (1957-yilda), “Doʻstlik qoʻshigʻi” (1959-yil Demokratik yoshlarning Vena shahrida boʻlib oʻtgan 7-xalqaro festivalida 1-oʻrin, barchasi Yu.S.Kameneskiy soʻzi bilan yozilgan.), “Vatanga qasida” (Yu.Poluxin matni, 1962-yilda), “Donbas valsi” (I.Kobzev matni)
  • kinofilmlar va radiospektakllar uchun musiqa.

Filmografiyasi tahrir

  • 1954-yil — Choʻponning oʻgʻli (V.Muxatov bilan birga)
  • 1957-yil — Oila sha’ni (V.Muxatov bilan birga)
  • 1957-yil — Quyoshimiz (animasiya)
  • 1958-yil — Lenin muzeyi (hujjatli film)
  • 1958-yil — Lenin xotiralari (hujjatli film)
  • 1958-yil —Lenin barhayot(hujjatli film)
  • 1959-yil — Dasht sukunati (shuningdek, epizodda rol oʻynagan)
  • 1964-yil — Rais
  • 1965-yil — Sergey Yesenin (hujjatli film)
  • 1969-yil — Optimistik fojia (film-spektakl)

Manbalar tahrir

  1. Холминов Александр Николаевич // Кто есть кто в современной культуре : В 2 вып. / Гл. ред. С. М. Семёнов, авт. и сост. Н. И. Шадрина, Р. В. Пигарев и др. — М.: МК-Периодика, 2006—2007. — ISBN 5-93696-007-3, 5-93696-010-2.
  2. Указ Президента Российской Федерации от 30 мая 2001 г. № 609
  3. Распоряжение Президента Российской Федерации от 12 сентября 2005 года № 407-рп «О поощрении Холминова А. Н.»
  4. ХОЛМИНОВ Александр Николаевич (1925-2015)