Aleksandr burji (ruscha: Алекса́ндровская коло́нна) — Sankt-Peterburg shahridagi meʼmoriy yodgorlik. Maydonning markaziy mujassamoti. Aleksandr burji Nikolay I buyrugʻi bilan akasi Aleksandr I'ning 1812-yil urushidagi gʻalabasi sharafiga ampir uslubida 1830-34-yillarda meʼmor Henri Montferrand loyihasi asosida oʻrnatilgan. Aleksandr burji toʻq-qizil granit toshdan yasalgan baland ustun (maxsus kursi) ustiga oʻrnatilgan. Ustida avliyo haykali bor (haykaltarosh B. I. Orlovskiy). Tagkursiga boʻrtma tasvirlar (haykaltarosh P. V. Svinsov, I. Leppe, J. B. Skotti) ishlangan. Umumiy balandligi — 47,5 m. Umumiy ogʻirligi — 704 t.

Aleksandr burji Saroy maydonida.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil