ALEKSANDRIYA (ISKANDARIYA) MUSEYONI (yunoncha: museyon — muzalar ibodatxonasi) — Aleksandriya shahridagi qad. ilmiy, adabiy va oliy taʼlim mu-assasasi. Mil. av. 3-asrda podsho Ptole-mey I asos solgan. Uni oliy darajadagi kohin boshqargan. Ptolemeylar musey-onga barcha ellinistik mamlakatlardan olim va yozuvchilar (mas, Evklid, Eratos-fen, Kallimax va boshqalar)ni taklif qilgan. Museyon qoshida kutubxona boʻlgan (qarang Aleksandriya (Iskandariya) kutubxonasi). Kutubxonaga podsho tomonidan tay-inlagan olim mudirlik flgan. Mil.av. 48 yil Aleksandriya urushi vaqtida mu-seyonning bir qismi yonib ketgan. Rim imperiyasi davrida museyon asta-sekin oʻz mavqeini yoʻqota boshlagan. 273 yil esa imperator Avrelian qoʻshinlari Alek-sandriyani bosib olish chogʻida museyon va kutubxonani vayron qilib, oʻt qoʻyib yuborganlar.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil