Aleksandriya urushi (mil av. 48-47) — Yuliy Sezar qoʻmondonligi ostidagi Rim legionlarinining Misr davlati bilan urushi. Jang harakatlari asosan Aleksandriya sh. atrofida sodir boʻlgan. Pompei ketidan Misrga kelgan Sezar Kleopatra va uning ukasi Pto-lemey Dionis oʻrtasidagi sulolaviy kurashga aralashib, Kleopatraga yordam bergan. Nil boʻyidagi jangda (48 yil) rimliklar gʻalaba qozonganlar. Kleopatra 312Misr taxtini egallagan. Aleksandriya urushi Misrni Rimga tobe etish uchun kurashda muhim bosqich boʻlgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil