Aleksey Nikolayevich Kosigin (1904. 8(21).2, Sankt-Peterburg - 1980.18.12, Moskva) — SSSR davlat arbobi (1964—80). 1939—40 yillarda toʻqimachilik sanoati xalq komissari. XKS (SSSR Ministrlar Soveti) raisi oʻrinbosari (1940-53, 1953-56, 1957-60), ayni vaqtda 1941—42 yillarda Evakuatsiya boʻyicha kengash raisi oʻrinbosari, 1943-46 yillarda RSFSR XKS raisi, 1948-yildan turli vazirlik lavozimlarida, 1959—60 yillarda davlat reja qoʻmitasi raisi. 1948—52 yillarda, 1960-yildan partiya MK Siyosiy byurosi (Prezidiumi) aʼzosi. 1960—64 yillarda SSSR Ministrlar Soveti raisining 1-oʻrinbosari, soʻng raisi (1964—80). Korxonalarning mustaqilligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar tashabbuskori (bu islohot tugallanmay qolgan).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil