Alevrit (yunoncha: aleuron — un) — boʻshak (zichlashmagan), chaqiq (parchalangan) choʻkindi jins. A. oʻz zarrachalarining hajmiga koʻra, qumdan mayinroq, giddan dagʻalroq boʻladi. A.dagi zarra-chalarning diametri koʻpincha 0,01 mm dan 0,1 mm gacha. Shunday zarrachalardan hosil boʻlgan togʻ jinslarining struktu-rasi A. strukturasi deb, zarrachalari esa A. fraksiyasi deb ataladi. A.ga chang, lyoss va lyossimon jinslar kiradi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil