Alizée Jacotey (talaffuzi: Alize Jakote; t. 21-avgust 1984), Alizée taxallusi ostida taniqli[4] fransuz qoʻshiqchi, raqqosa va ovoz aktrisasidir. Ajaccio shahrida tugʻilib oʻsgan.

Alizée

Alizée Parijdagi Les Enfoirés konsertida (2013)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Alizée Jacotey
21-avgust 1984-yil (1984-08-21) (39 yosh)
Fuqaroligi Fransiya Fransiya
Kasbi Qoʻshiqchi, raqqosa, DJ
Turmush oʻrtogʻi Jérémy Chatelain[1][2] va Grégoire Lyonnet[3]
Janr Pop, rock, shanson, world, elektronika, dance
Faoliyat yillari 1999—bugun
Veb-sayt alizee-officiel.com

Alizée 1999-yilda Graines de Star,[5] (Yulduz urugʻlar) talantlar tanlovida yutib, Mylène Farmer eʼtiboriga tushdi. Mylène Farmer va Laurent Boutonnat bilan hamkorlikda u ommaviy musiqada oʻrnashib qolgan lirik va tasviriy chegaralarni kengaytiruvchi qator albom va musiqa videolar chiqarib shuhrat qozondi, NRJ, Europe 1, MTV, Virgin va boshqa musiqa telekanallardan muqim joy oldi. Ijodi davomida uning "Moi... Lolita", "L'Alizé", "J'en ai marre!", "Gourmandises", "Mademoiselle Juliette", "La Isla Bonita" (kaver), "Parler Tout Bas", "Les collines" va "À cause de l'automne" ashulalari Top-25 chartlarga chiqdi.

IFPI va SNEP maʼlumotlariga binoan Alizée 21-asrda eng koʻp sotgan fransuz artistlardan biri,[6] va Fransiyadan eng koʻp eksport qilingan qoʻshiqchidir.[7] Alizée musiqa biznesiga 2000-yilda kirdi. Oʻshandan beri u beshta studiya albomi chiqardi, ulardan birinchi ikkitasiga Laurent Boutonnat bastakorlik, Mylène Farmer shoirlik qildi. Birinchi albomi Gourmandises uch oy ichida Platina sertifikatiga erishdi. 2001-yilda chiqarilgan Gourmandises nafaqat Fransiyada, balki butun jahonda tanilib, Alizée'ga 2001-yilda eng koʻp sotgan fransuz artisti unvonini keltirdi.[8] Albomdagi "Moi... Lolita" ashulasi Yevropa va Osiyo mamlakatlari chartlarida birinchi oʻringa chiqdi.

Gourmandises'dan keyin, 2003-yilda ikkinchi studiyaviy albomi Mes courants électriques chiqdi. Oʻsha yil kuzda Alizée 43 mamlakatda konsertlar berdi.[9]

Uning toʻrtinchi albomi Une enfant du siècle 2010-yil 29-martida chiqdi. 2013-yil mart oyida Alizée'ning beshinchi studiyaviy albomi, 5 chiqarildi. Shuningdek u 2013-yilda Danse avec les Stars (Yulduzlar bilan raqs) koʻrsatuvida qatnashib, gʻolib chiqdi.

Manbalar tahrir

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. Eric Harkleroad. „French teen queen breaks the mold“. Daily Princetonian (27-sentabr 2001-yil). 2012-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-fevral. (Archive.is saytida 2012-06-29 sanasida arxivlangan)
  5. Alizée IMDbda
  6. arxiv nusxasi, 2013-10-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-02-10
  7. „Popstars : Coup de théâtre, deux groupes formés, Alizée invitée d'honneur !“. Purepeople.com (2013-yil 19-iyun). Qaraldi: 2014-yil 14-iyul.
  8. „RFI CD of the week: Alizée“. 2006-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-yanvar 2001-yil. (Wayback Machine saytida 2006-04-19 sanasida arxivlangan)
  9. „Alizee: Le Site Officiel: Concert Dates“. 2004-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2004-yil. (Now offline. .)

Havolalar tahrir