Alp burmalanishi — asosan kaynozoydagi tektogenez erasi; geosin-klinal obl.larda vujudga kelib, me-zozoy va paleogenda rivojlangan. Alp burmalanishi natijasida geosiiklinallar burmali togʻlarga aylangan. Oʻsha vaqtda Alp burmali togʻlari (Alp burmalanishi nomi shundan) va Alp geosinklinal (burmali) obl. va boshqa tuzilishlar shakllandi. Alp burmalanishi Oʻrta den-giz va Tinch okean mintaqalariga ajra-tilgan. Oʻrta dengiz mintaqasiga Apen-nin, Alp, Karpat, Qrim togʻlari, Katta Kavkaz, Pomir, Himolay va boshqa kiradi; Tinch okean mintaqasiga Kordilera, And, Kamchatka, Kuril, Yaponiya, Fi-lippin o.laridagi togʻlar va boshqa kiradi. Alp burmalanishi dagi togʻlar yosh, ular kam yemirilgan, shuning uchun ham yer yuzasidagi eng ba-land togʻlar hisoblanadi. Alp burmalanishi shuning-dek tokembriy, paleozoy va mezozoyda koʻtarilgan togʻlarga ham taʼsir qilgan. Bu mintaqalarda vulkanizm va seysmik harakatlar kuchliligidan Alp burmalanishining ayrim tuzilishlari hali ham rivojlanishda.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil