Alunit (frans. alun — achchiqtosh) — sulfatlar sinfiga mansub mine-ral. Formulasi- KA13[SOJ2[OH]6. Qattiqligi 3,5-4,5. S. ogʻ. 2,6-2,8. A. asosan mayda zarrali zich va boʻsh (zichlash-magan) holda uchraydi. Rangi oq, kulrang va qizgʻish. Kristall donalari shishaga oʻxshash yaltiroq. Zich va tup-roqsimon agregatlari xira boʻladi. A. vulkan jin-slarga magmadan chiqqan issiq sulfat oksidli eritmalar taʼsir etishidan hosil boʻladi. Rossiya Federatsiyasi (Uzoq Sharq), Ozarbay-jon, Ukrainaning gʻarbida, AQSH, XXR, Avstraliya, Eron, Meksika va boshqa joylarda konlari bor.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil