Alveolalar

Odamda alviolalarning 700 milliondan ortiq qismi mavjud

Alveolalar (lotincha: alveolus — oʻyiq, pufakcha, xaltacha):

1) oddiy va murakkab bezlarning shira (sekret) ajratuvchi pufakchalari — alveolyar bezlarning oxirgi qismlari. Bezlardagi Alveolalarda shiralar yigʻilganda bakalga oʻxshasa, shiralari chiqqandan soʻng naysimon shaklda boʻladi. Oʻpka bronxlarining oxirgi qismi ham Alveolalar deb ataladi. Ular nafas olganda kengayib, nafas chiqarganda torayib havo almashinuvini taʼminlaydi. Bronx Alveolalarlari pufakchaga oʻxshab, devorlari epiteliy hujayralaridan iborat. Alveolalarni tashqi tomondan oʻrab olgan qilsimon qon tomirlar nafas olganda kislorodni soʻradi. Nafas chiqarganda ishlangan gaz aksincha Alveolalarga oʻtadi;

2) jagʻ suyaklarining tishlar joylashadigan oʻyiqchasi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil